30 yoshgacha boʻlgan yosh mutaxassislar uchun YXHT Bishkekdagi Akademiyasi tomonidan Issiqkoʻlda bir haftalik bepul trening dasturi — Model OSCE Workshop
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
02 Iyl, 2022 · Muddat tugagan

30 yoshgacha boʻlgan yosh mutaxassislar uchun YXHT Bishkekdagi Akademiyasi tomonidan Issiqkoʻlda bir haftalik bepul trening dasturi — Model OSCE Workshop

Konferensiya Qisman moliyalash

Tavsif

Model OSCE workshop — interaktiv va simulyatsiya mashgʻulotlaridan iborat boʻlgan 6 kunlik dastur yosh mutaxassislarga YXHT qanday ishlashi haqida maʼlumot berishni maqsad qilgan.

YXHT Modeli YXHTning Bishkekdagi Dasturlar byurosi tomonidan 2022-yilning 18-23-iyul kunlari Qirgʻiziston, Issiqkoʻlda tashkil etiladi. Dasturning asosiy maqsadi boʻlajak yetakchilar va faollarga koʻp tomonlama institut qanday ishlashi haqida tushuncha berishdan iborat.

Dastur doirasida simulyatsiya mashqlari oʻtkaziladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan olib boriladigan muzokaralar va diplomatiya boʻyicha bir qator brifinglar, mashgʻulotlar va interaktiv sessiyalarda ishtirok etadilar hamda YXHTning Bishkekdagi Dasturlar byurosi xodimlari bilan uchrashish imkoniga ega boʻladilar.

Dastur haqida batafsil rasmiy eʼlon orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Ishtirok etish talablari:

  • Nomzod 30 yoshdan oshmagan boʻlishi kerak;
  • YXHT(OSCE)ga aʼzo davlat fuqaroligiga ega boʻlishi lozim (Oʻzbekiston ham kiradi);
  • Nomzod Qirgʻizistonga kelish va dastur davomida u yerda qolish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Xalqaro sayohat xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanmaydi;
  • Ingliz tilini mukammal bilish talab etiladi;
  • Aspirantlar (magistrlar, PhD nomzodlari) va tegishli ilmiy va/yoki kasbiy maʼlumotga ega yosh mutaxassislarga ustunlik beriladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Ishtirokchining Qirgʻizistongacha boʻlgan xalqaro sayohat xarajatlaridan tashqari barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi;
  • xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan olib boriladigan muzokaralar va diplomatiya boʻyicha bir qator brifinglar, mashgʻulotlar va interaktiv sessiyalarda ishtirok etadilar.

Dastur haqida batafsil rasmiy eʼlon orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu onlayn arizani toʻldirish lozim.

Onlayn arizada:

  • Ayrim shaxsiy maʼlumotlar;
  • Taʼlim va ish joyiga oid maʼlumotlar;
  • 2ta 150 soʻzdan oshmagan qisqa motivatsion xat yozish soʻraladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Qabul qilingan nomzodlar 2022-yil 6-iyulgacha eʼlon qilinadi.

Savol va murojaatlar uchun: youth-poib@osce.org.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qirgʻiziston 30 yoshgacha boʻlgan yosh mutaxassislar uchun YXHT Bishkekdagi Akademiyasi tomonidan Issiqkoʻlda bir haftalik bepul trening dasturi — Model OSCE Workshop
02 Iyl, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.