300 dan ortiq kompaniya va xorijiy tashkilotlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekistondagi Digital Leadership Forumi
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Iyn, 2023 · Muddat tugagan

300 dan ortiq kompaniya va xorijiy tashkilotlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekistondagi Digital Leadership Forumi

Konferensiya Bepul ishtirok

Tavsif

Oʻzbekistonda “Digital Leadership Forum” oʻz biznesini dunyoga namoyish qilmoqchi boʻlgan kompaniyalar ishtirok etishi zarur tadbirlardan biridir. Dastur 2023-yilning 7-9-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Forumda 300 dan ortiq BPO va IT-autsorsing kompaniyalari, xorijiy tashkilotlar, tadbirkorlar hamda butun dunyodan 20 dan ortiq spikerlar ishtirok etadi. Bu nomzodlarga kompaniyalarining IT-autsorsing va BPO xizmatlarining yetakchi provayderi sifatida targʻib qilishga ajoyib imkoniyat yaratadi. Mazkur forumda yetakchi tashkilotlar, jumladan, xizmat koʻrsatish va mahsulot ishlab chiqaruvchi jahonning yetakchi kompaniyalaridan turli spikerlar ishtirok etadi. 

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturda oʻz biznesini dunyoga namoyish qilmoqchi boʻlgan kompaniyalar ishtirok etishlari mumkin;
  • Forumda nafaqat Oʻzbekiston fuqarolari, balki chet el fuqarolari ham qatnashishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar forumga oʻzlari bilan mehmon olib kelish imkoniga egalar;
  • Nomzodlar forumda ishtirok etishdan maqsadlarini yoritib berishlari lozim;
  • Ishtirokchilar forumning quyidagi sessiyalarida ishtirok etishlari mumkin:

-BPO & IT Services Outsourcing Sessions/BPO & IT Services Outsourcing sessiyalari;

-EdTech Sessions/EdTech sessiyalari;

-Venture Сapital Sessions/Venture Сapital sessiyalari;

-International Center of Digital Technologies Sessions/International Center of Digital Technologies sessiyalari;

-E-Government Sessions/E-Government sessiyalari.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Forumda 300 dan ortiq BPO va IT-autsorsing kompaniyalari, xorijiy tashkilotlar, tadbirkorlar hamda butun dunyodan 20 dan ortiq spikerlar ishtirok etadi. Bu nomzodlarga kompaniyalarining IT-autsorsing va BPO xizmatlarining yetakchi provayderi sifatida targʻib qilishga ajoyib imkoniyat yaratadi;
  • Forumda nomzodlar kompaniyalarini namoyish etishdan tashqari, Oʻzbekistondagi BPO hamda IT-autsorsing kompaniyalar bozori va sharoitlarini oʻrganish imkoniyatiga ham ega boʻlishadi;
  • Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan IT-hablardan biri boʻlib, forum ishtirokchilarga ushbu oʻsib borayotgan bozor haqida batafsil maʼlumot olish imkoniyatini taqdim etadi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish uchun ariza shaklini toʻldirish jarayonida berilgan savollarga toʻliq va batafsil javob yozish lozim. Chunki saralash jarayonida toʻldirilgan ariza shakli inobatga olinadi. Ariza topshirishning soʻnggi muhlati aniq belgilanmagan, ammo dasturga forum boʻlib oʻtadigan kunlar, yaʼni 7-9-iyul kunlaridan ancha oldinroq roʻyxatdan oʻtish lozim. 

Dasturga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston 300 dan ortiq kompaniya va xorijiy tashkilotlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekistondagi Digital Leadership Forumi
30 Iyn, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.