35 yoshdan kichik boʻlgan tadqiqotchilar uchun YUNESKO Ipak yoʻli yosh tadqiqotchilari grant dasturi. Mukofot — $10 000
Xitoy Xitoy
31 May, 2022 · Muddat tugagan

35 yoshdan kichik boʻlgan tadqiqotchilar uchun YUNESKO Ipak yoʻli yosh tadqiqotchilari grant dasturi. Mukofot — $10 000

Tadqiqot Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

YUNESKOning “Ipak yoʻllari” dasturi yosh tadqiqotchilar uchun Silk Roads Youth Research Grant - Ipak yoʻli yosh tadqiqotchilari grantini eʼlon qiladi. Ushbu grant 35 yoshdan oshmagan tadqiqotchilar uchun moʻljallangan boʻlib, yosh tadqiqotchilarni Ipak yoʻlining umumiy merosini yanada oʻrganishga safarbar etishga qaratilgan.

Dastur birinchi marta 2021-yilda Xitoy Xalq Respublikasi Milliy komissiyasi koʻmagida YUNESKOning ijtimoiy va gumanitar fanlar dasturi doirasida oʻtkazilgan.

Topshirilayotgan tadqiqot ishlari quyidagi mavzularni qamrab olishi mumkin:

  • Science and Technology and Traditional Knowhow
  • Religion and Spirituality
  • Language and Literature
  • Arts and Music
  • Traditional Sports and Games
  • Economy and Trade
  • Silk Roads Legacy and Contemporary Issues

Bundan tashqari tadqiqot mavzulari va manbalari tillar, yozuvlar, xaritalar va boshqa tarixiy hujjatlar, adabiyot, sheʼriyat, musiqa, raqs, teatr, arxitektura, haykaltaroshlik, kulolchilik, toʻqimachilik, fan va tibbiyot, astronomiya va navigatsiya, barqarorlik, tabiiy ofatlar va iqlim boshqaruvi, suv resurslarini boshqarish, savdo va diplomatiya kabi mavzularni oʻz ichiga olishi mumkin.

Tadqiqot ishlari Ipak yoʻllari boʻylab rivojlangan umumiy meros va uning oʻziga xosliklari, ichki xilma-xilligi, uning mintaqaviy hamda xalqaro miqyosdagi salohiyati, barqaror tinchlik va taraqqiyot masalalarini oʻzida aks ettirishi lozim.

Dasturda gʻolib boʻlgan tadqiqotchilarga $10 000 miqdorda boʻlgan 12 ta tadqiqot granti (har bir tadqiqot loyihasi uchun bittadan) beriladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

  • Nomzod jinsi, millati, dini va irqidan qatʼi nazar 35 yoshdan oshmagan, aspirantura bosqichi tadqiqotchisi boʻlishi lozim;
  • Tadqiqot ishi faqat bir kishi tomonidan yoki bir guruh boʻlib ham topshirilishi mumkin;
  • Ishlar faqat ingliz tilida topshirilishi lozim;
  • Taklif etilayotgan tadqiqot ishi Ipak yoʻli umumiy merosi bilan bogʻliq boʻlgan quyidagi bir qancha mavzularni qamrab olishi mumkin:

-Fan, texnologiya va anʼanaviy nou-xau;
-Din va maʼnaviyat;
-Til va adabiyot;
-Sanʼat va musiqa;
-Anʼanaviy sport va oʻyinlar;
-Iqtisodiyot va savdo;
-Ipak yoʻllari merosi va zamonaviy muammolar.

Dastur maqbullik jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladilar:

  • Nomzodga har bir tadqiqot loyihasi uchun 10 000 AQSh dollari miqdoridagi oʻn ikkita grant ajratiladi.

Dastur imtiyozli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar ushbu havola orqali berilgan ariza shaklini ingliz tilida toʻldirishlari va toʻldirilgan shaklni silkroadsgrant@unesco.org elektron manziliga yuborishlari lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturga tadqiqot ishlarini topshirishning soʻngi muhlati 2022-yil 31-may qilib belgilangan. Soʻngi natijalar sentyabr oyining oxiriga qadar eʼlon qilinishi koʻzda tutilgan.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun:

silkroadsgrant@unesco.org

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Xitoy 35 yoshdan kichik boʻlgan tadqiqotchilar uchun YUNESKO Ipak yoʻli yosh tadqiqotchilari grant dasturi. Mukofot — $10 000
31 May, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.