Tavsif
Butun dunyo boʻylab iqlim inqiroziga qarshi kurashishda yechim va loyihalarga ega yoshlar yetakchiligidagi jamoalarni moliyalashtirishga qaratilgan maxsus tanlov — YCJF (Youth Climate Justice Fund) taqdim etiladi.
Dasturdan asosiy maqsad yoshlar boshchiligidagi yangi shakllanayotgan ijtimoiy-ekologik guruhlarga moliyaviy yordam taqdim etib, faoliyatini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Jamoalar yoki guruhlar tarmogʻi quyidagi mintaqalarda joylashgan boʻlishi kerak:
- Sharqiy Osiyo va Tinch okeani;
- Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika;
- Sub-Sahroi Afrika;
- Lotin Amerikasi va Karib havzasi;
- Janubiy Osiyo;
- Yevropa va Markaziy Osiyo;
- Shimoliy Amerika.
Harakatlarning rasmiy yoki qonuniy roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va tajribasi ahamiyatga ega emas. Saralashdan asosan dasturning tamoyil va qadriyatlariga mos kelishi inobatga olinadi. Har tomonlama mos deb topilgan mahalliy guruhlar uchun 20,000 AQSh dollarigacha, milliy darajadagi guruhlar uchun 40,000 AQSh dollarigacha moliyaviy yordam berish rejalashtirilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.