Tavsif
48 Hour Film Race — bu tezkor kinolar tanlovi boʻlib, unda ishtirokchilar 48 soat ichida qisqa metrajli filmlar yaratishlari kerak bo'ladi. 48 soat ichida jamoalar ssenariy yozishlari, suratga olishlari, tahrirlashlari va tashkilotchilarga 4 daqiqadan koʻp boʻlmagan filmni yuborishlari kerak.
Tanlov ochiq va quyidagi maqsadlarga ega:
- Markaziy Osiyo kino hamjamiyatini rivojlantirish
- Yosh isteʼdodlarni ochib berish va qoʻllab-quvvatlash
- Kinoijodkorlar va ixlosmandlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashish
- Sifatli va ijodiy film va videokontent yaratishni ragʻbatlantirish.