Tavsif
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (UNDP) Qirgʻizistondagi akselerator laboratoriyasi tomonidan 5-12-sinf oʻquvchilari uchun xalqaro onlayn olimpiadada ishtirok etish imkoniyati.
Olimpiada 19-fevral kuni Balatech — Logo tilida dasturlashni oʻrganish uchun onlayn oʻyin platformasida boʻlib oʻtadi. Olimpiadada ishtirok etish uchun Balatech sayti orqali registratsiyadan oʻtiladi.
5-11-sinf oʻquvchilari 3 guruhga boʻlinadilar:
1-guruh: 5-7-sinf oʻquvchilari;
2-guruh: 8-9-sinf oʻquvchilari;
3-guruh: 10-11-12-sinf oʻquvchilari.
Olimpiada haqida ushbu videodan batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.