Tavsif
The Harold W. McGraw, Jr. Center for Business Journalism markazi tomonidan iqtisod, moliya yoki biznes jurnalistikasi sohasida ishlaydigan va ularga bag'ishlangan hikoyalarni, matnlarni yaratuvchi tajribali jurnalistlarga $15000 dollari miqdoridagi tadqiqot grantini eʼlon qiladi.
Nomzodlar ariza yuborish uchun, albatta biznes muxbiri boʻlishlari shart emas. Dastur oldingi yillarda umumiy mavzularda ijod qiladigan, shuningdek, sogʻliqni saqlash, taʼlim yoki atrof-muhit kabi yoʻnalishlarda hikoya yaratuvchi jurnalistlarni ham qabul qilgan. Grantni yutishda eng asosiysi — tadqiqot qilinayotgan mavzuning qanchalik dolzarbligi va qanday yoritib berilishi. Irqi va millatidan qatʼi nazar barcha jurnalistlar ariza yuborishlari mumkin.
Jurnalistlar ishlarini barcha turdagi ommaviy axborot vositalari — matn, audio va qisqa videolar holida yuborishlari mumkin va keyinchalik ushbu ishlardan foydalanib yaxlit obraz yaratiladi. Tadqiqotlar va hikoyalar muhim mahalliy yoki mintaqaviy mavzularga yoʻnaltirilgan, shuningdek, milliy yoki xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan voqealarni, muammolarni ochib beradigan loyihalar boʻlsa, yanada qoʻllab-quvvatlanadi.
Bahorgi mavsum uchun ariza topshirishning soʻngi kuni 31-mart, 2024-yil.
Batafsil maʼlumotlarni ushbu havola orqali olish mumkin.