Tavsif
Dunyoda tinchlikni targʻib qiluvchi Peace Pals International dasturi Unity Earth bilan hamkorlikda 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan yosh rassomlar uchun “Peace Pals International Art Contest — 2025” tanlovini taqdim etadi. Ishtirokchilar “Freedom” (Erkinlik) mavzusida oʻz asarlarini yaratishlari lozim. Bu mavzu yoshlar uchun erkinlik nimani anglatishini aniqlash uchun tanlangan. Mavzu quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga olishi mumkin:
- ERKINLIK oʻzing xohlagan mevani tanlab yeyish boʻlishi mumkinmi — masalan, apelsinmi yoki shaftoli?
- ERKINLIK oʻzing xohlagan kiyimni tanlash huquqimi?
- ERKINLIK istagan joyga bemalol borib kelish boʻlishi mumkinmi?
- ERKINLIK eng yaqin doʻstingni oʻzing tanlay olishmi?
- ERKINLIK fikringni erkin ayta olish huquqi boʻladimi?
Unity Earth — bu yerda birlik va tinchlikni amalga oshirishni maqsad qilgan global tarmoq hisoblanadi. Global miqyosdagi muammolarni global oʻlchamdagi yechimlar bilan hal qilish istagidan kelib chiqqan holda, ushbu tarmoq tinchlikparvar tashkilotlar va shaxslarning taʼsirini yanada kuchaytirish uchun tashkil qilingan.
Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.