Tavsif
IQtidorly loyihasi matematika sohasida taʼlim olayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, vatandosh matematik olimlarimiz faoliyatini yoshlarimizga yaqindan tanishtirish, murabbiy ustozlarimizning yosh matematik shogirdlarini kashf qilish maqsadida “Saʼdi Hasanovich Sirojiddinov nomidagi respublika matematika turniri” ijtimoiy loyihasini tashkil qiladi. Dasturda 6 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Turnir 3 bosqichda oʻtkaziladi. Dastur gʻoliblari turli mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havоla orqali 2024-yil 18-iyul sanasigacha roʻyxatdan oʻtish lozim.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.