Tavsif
Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa qator tashkilotlar tomonidan amaliy sanʼat sohasi vakillarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yosh havaskorlar”amaliy sanʼat koʻrik- tanlovi eʼlon qilindi.
Tanlovning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- Yoshlarni badiiy axloqiy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalab, ularning maʼnaviy olamini boyitish, badiiy didini shakllantirish hamda madaniy darajasini oshirish;
- Mahallalarda yoshlarning oʻz qobiliyatini namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish;
- Intellektual salohiyatli yoshlarni, yosh iqtidorlarni izlab topish va ularni ragʻbatlantirish, qoʻllab-quvvatlash.
Tanlov quyidagi yosh toifalari boʻyicha oʻtkaziladi:
- 7 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan yosh ijodkorlar;
- 14 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan yosh ijodkorlar;
- 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yosh ijodkorlar.
Yosh toifasi boʻyicha har bir bosqichning 1,-2,-3-oʻrin sohiblari keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.