7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari uchun yashil iqtisodiyot sohasida ijodiy insholar tanlovi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
03 Mar, 2025 · Muddat tugagan

7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari uchun yashil iqtisodiyot sohasida ijodiy insholar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Barqaror hayot uchun ishonch (TSL) - Buyuk Britaniyaning Gʻarbiy Berkshiridagi Living Rainforest-da asoslangan global taʼlim xayriya tashkiloti boʻlib, butun dunyodan kelgan 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan talabalar va maktab oʻquvchilari uchun insholar tanlovini tashkil qiladi.

Insho mavzusi: “From Eco-Anxiety to Eco Action & Empowerment”?

Insholar ushbu havola orqali berilgan resurslar orqali yozilishi mumkin.

Dastur gʻoliblari pul mukofoti, kubok va qolgan barcha ishtirokchilar sertifikatlar hamda medallar bilan taqdirlanadilar.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari qatnashishlari mumkin;
  • Nomzodlar “From Eco-Anxiety to Eco Action & Empowerment”? mavzusida insho yozishlari lozim;
  • Insho maksimum 600 soʻzdan iborat boʻlishi lozim (bu bibliografiyadan tashqari va 250 so'zdan iborat o'zini tanishtiruvi bo'lishi kerak);
  • Barcha ishlar original boʻlishi va talabalarning oʻziga tegishli boʻlishi kerak. Kerakli hollarda havolalar bibliografiyasi kiritilishi kerak va ular rasmiy soʻz chegarasining bir qismi sifatida hisoblanmaydi;
  • Plagiat mazmuni boʻlgan insholar mukofot uchun koʻrib chiqilmaydi;
  • Insholar ingliz tilida yozilishi lozim;
  • Video yoki audio ishlar maksimal 3 daqiqa bо'lishi kerak.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Birinchi oʻrin gʻolibiga £1,000 ($1,304) va maktabi uchun £500 ($652) miqdorida pul mablagʻi beriladi;
  • Ikkinchi o’rin g’olibi kubok va £500 ($652) va maktabi uchun €250 ($326) naqd pul bilan taqdirlanadi. 
  • Barcha chempion oʻqituvchilar va finalistlar, faxriy e'tirof etilganlar, bahslarda ishtirok etganlar elektron sertifikatga ega boʻladi.

Dastur manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali saytda roʻyxatdan oʻtib, ariza namunasini toʻldirish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur natijalari 2025-yil 1-mayda eʼlon qilinadi. Bosh mukofot sovrindori va eng yaxshi oʻnta medal egalari 23-mayda mukofotlanadi.

2025-yil 27-28-mayga qadar mamlakatlar ichida debatlar oʻtkaziladi. Yoz oyida debat qatnashchilari mukofotlanadilar.

Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun ushbu havolaga yozish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 7, Max: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari uchun yashil iqtisodiyot sohasida ijodiy insholar tanlovi
03 Mar, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.