Tavsif
NASEF Farmcraft™ 2022 oʻsib borayotgan dunyoni barqaror oziqlantirishda innovatsion texnologiyalarning rolini oʻrganib, qishloq xoʻjaligi, atrof-muhit va oziq-ovqat xavfsizligi oʻrtasidagi interfeysga eʼtibor qaratadi. Jamoalar AQSh missiyalari bilan hamkorlikda ommaviy diplomatiya dasturlari doirasida oʻz virtual dunyolarini yaratadilar va bir-birlari bilan raqobatlashadilar.
Tanlov doirasidagi topshiriqlarning maqsadi haqiqiy ishlab chiqarish, savdo va atrof-muhit sharoitlariga mos keladigan qishloq xoʻjaligi tizimlarini yaratishdan iborat boʻladi.
Dasturda 3 xil yosh kategoriyasi mavjud boʻlib, bular:
- 8-13; yoshli kichik yoshdagilar guruhi;
- 13-18; katta yoshdagilar guruhi;
- 8+ va jamoa aʼzosi sifatida qatnashuvchi katta yoshlilar guruhi.
Tanlovda ishtirok etuvchilar jamoa yoʻriqnomasida berilgan qoidalarga amal qilishlari lozim. Qoidalarni buzuvchilar uchun ariza berish tartibi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Musobaqada gʻoliblar raqobatdosh jamoalar orasidan koʻrsatgan miqdoriy koʻrsatkichlari (hosildorlik, atrof-muhitga taʼsir) asosida tanlanadi va turli xil sovgʻalar bilan mukofotlanadi.