80 million so‘mdan ortiq mukofot belgilangan "REVO CUP" dasturlash musobaqasi
O‘zbekiston O‘zbekiston
28 Mar, 2025 · Muddat tugagan

80 million so‘mdan ortiq mukofot belgilangan "REVO CUP" dasturlash musobaqasi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

REVO jamoasi 5 yoshni qarshi olishi munosabati bilan REVO CUP - Sport dasturlash va kiberxavfsizlik yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqa tashkil qilmoqda. REVO CUP 2 yo‘nalishda va kiberxavfsizlik bo‘yicha CTF (Capture the Flag) formatida 2 bosqichdan (saralash va final) iborat musobaqa shaklida bo‘lib o‘tadi:

  1. Sport dasturlash bo‘yicha musobaqa;
  2. Kiberxavfsizlik bo‘yicha musobaqa. 

Har ikkala yo‘nalish g‘oliblariga umumiy 80 mln so‘mdan ortiq pul mukofotlari va qo‘shimcha sovrinlar ajratilgan. Musobaqa saralash (onlayn tartibda) va Final (offlayn) bosqichlaridan iborat. Final bosqichiga har ikkala yo‘nalishdan eng yaxshi 40 nafardan ishtirokchi qabul qilinadi.

Dasturga 2025-yil 29-mart, soat 19:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma’lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda IT yo‘nalishi vakillari, sport dasturlash va kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha musobaqada qatnasha oladigan barcha nomzodlar ishtirok etishlari mumkin;
  • 2025-yil 29-mart, soat 19:00gacha ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Imtiyozlar va qulayliklar

Umumiy 80 mln so‘mdan ortiq mukofot belgilangan bo‘lib, har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin — 12 000 000 so‘m;
  • 2-o‘rin — 9 000 000 so‘m;
    3-o‘rin — 6 000 000 so‘m;
    4-10-o‘rinlar 1 000 000 so‘m;
  • Sohaning turli yo‘nalishdagi mutaxassislari spiker sifatida ishtirok etishadi;
  • O‘zbekiston bo‘ylab IT yo‘nalishidagi mutaxassislar bir joyda jam bo‘ladi;
  • Millionlab foydalanuvchilarni jalb qila olgan IT mahsulotlar taqdimoti;
  • Hali hech qayerda e’lon qilinmagan loyihalar premyeralari bo‘lib o‘tadi.

Topshirish jarayoni

Dasturga 2025-yil 29-mart, soat 19:00gacha ro‘yxatdan o‘tish zarur. Unda qatnashish uchun onlayn ariza shaklini to‘ldirish kifoya. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston 80 million so‘mdan ortiq mukofot belgilangan "REVO CUP" dasturlash musobaqasi
28 Mar, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.