$92,000 yillik maosh bilan AQShning eng nufuzli oliygohlaridan birida dars berish imkoniyati — Princeton Arts Fellowship dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
09 Sen, 2025 · Muddat tugagan

$92,000 yillik maosh bilan AQShning eng nufuzli oliygohlaridan birida dars berish imkoniyati — Princeton Arts Fellowship dasturi

Tadqiqot Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Endryu Uellon Mellon jamg‘armasi, Devid E. Kelli nomidagi san’atshunoslar jamiyati va Moris R. Grinberg nomidagi stipendiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan Princeton arts fellowship dasturi yosh, shijoatli va favqulodda qobiliyatli barcha ijodkorlarni o‘z bag‘riga chorlaydi. 

Yoshi, irqi, rangi, dini, jinsi, milliy kelib chiqishi, nogironlik holati yoki qonun bilan himoyalangan holatlardan qat’i nazar, barcha kasb egalari: bastakor, dirijyor, musiqashunos, xoreograf, rassom, kino ijodkorlari, shoir, yozuvchi, dramaturg, dizayner, rejissor, spektakl rassomlari va b. dasturda ishtirok etishi mumkin. 2 yil dars berish davomida nomzodlar kuch va g‘ayratga to‘la universitet badiiy jamoasi bilan ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadilar hamda yillik stipendiya bilan ta’minlanadilar. 

Dasturga ariza tорshirish jarayoni 2025-yilning 1-iyulidan 9-sentyabr sоat 20:59 gacha davom etadi!

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma‘lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar AQSh yoki Yevropa fuqarosi bo‘lishi shart emas;
  • Yoshi, irqi, rangi, dini, jinsi, milliy kelib chiqishi, nogironlik holati yoki qonun bilan himoyalangan boshqa holatlardan qat’i nazar, barcha nomzodlarning arizasi qabul qilinadi;
  • Barcha kasb egalari: bastakor, dirijyor, musiqashunos, xoreograf, rassom, kino ijodkorlari, shoir, yozuvchi, dramaturg, dizayner, rejissor, spektakl rassomlari va b. dasturda ishtirok etishi mumkin;
  • O‘qitish bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lish talab qilinmaydi;
  • Dasturga qabul qilinish-qilinmaslikdan qat’i nazar, arizachilar hayotlari davomida dasturga faqat 2 marta ariza topshirishlari mumkin;
  • Stipendiyadan PhD darajasini moliyalashtirish uchun foydalanib bo‘lmaydi;
  • Princeton Universitetida PhD bosqichini tamomlagan nomzodlarning arizasi qabul qilinmaydi.

Dasturning maqbullik shartlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Yillik $92,000 stipendiya bilan ikki akademik o‘quv yili mobaynida ta’minlanish; 
  • Har yili tadqiqot xarajatlari uchun $5,000 va sinf xarajatlari uchun $2,000 olish;
  • 2025-2026 va 2026-2027 o‘quv yillari mobaynida Princetonda, Lyuis san’at markazi va musiqa bo‘limi tarkibi sifatida istiqomat qilish; 
  • Nogironligi bor nomzodlar qo‘shimcha turar-joy bilan ta’minlanishi mumkin.

Qo‘shimcha! Dastur ishtirokchilari har semestrda fakultet dekanlari tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha dars beradilar. Shuningdek, ulardan alohida loyihalar o‘tkazish (spektakl tayyorlash, raqs o‘rgatish va b.) so‘ralishi ham mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish uchun online ariza shaklini to‘ldirish va quyidagilarni taqdim etish zarur: 

  • Rezyume (CV);
  • 750 ta so‘zdan oshmagan dastur bayonoti (Project proposal) (Dasturdan nimalar kutish, nimalarni bera olishga ishonish va h.k);
  • Ijodiy ishdan namunalar;
  • 3 ta tavsiya beruvchining kontaktlari va shaxsiy ma’lumotlari.

Nomzodlar Ijodiy yozish, Raqs, Musiqa, Teatr va Tasviriy san’at yo‘nalishlaridan biriga ariza topshirishlari mumkin. Ijodiy ishlar namunalar uchun qo‘yilgan talablar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatma: Dasturga ariza tорshirish jarayoni hali boshlanmagan bo'lib, 2025-yilning 1-iyulidan 9-sentyabr sоat 20:59 gacha davom etadi!

Qo'shimcha ma'lumot

  • Birinchi bosqich javoblari 2025-yilning noyabr oyida arizachilarga e’lon qilinadi;
  • Finalga o‘tgan nomzodar bilan yakuniy suhbat 2025-yilning 8-dekabrida o‘tkaziladi. Yakuniy qaror ijodkorlarning yutuqlari ko‘lamiga, bakalavr talabalari bilan mazmunli muloqot qilish qobiliyatiga va Prinston jamoasining intellektual va badiiy hayotiga qay darajada hissa qo‘sha olish ehtimoliga ko‘ra qabul qilinadi;
  • Yakuniy natijalar bahorgi semestrda e'lon qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Soha

    Sanʼat, dizayn va arxitektura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh $92,000 yillik maosh bilan AQShning eng nufuzli oliygohlaridan birida dars berish imkoniyati — Princeton Arts Fellowship dasturi
09 Sen, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.