9–11-sinf o‘quvchilari uchun VIII Xalqaro Matematika tanlovi
Rossiya Rossiya
07 Noy, 2021 · Muddat tugagan

9–11-sinf o‘quvchilari uchun VIII Xalqaro Matematika tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Telekommunikatsiya va innovatsiyalar sohasida o‘zining yuqori texnologiyalari asosida ishlaydigan Rossiyaning GS Group kompaniyasidan 9–11-sinf o‘quvchilari uchun VIII Xalqaro Matematika tanlovini e’lon qiladi. Tanlov 3 bosqichda bo‘lib, g‘oliblar oylik stipendiya hamda elektron qurilmalarga ega bo‘lishadi. Shuningdek, ishtirokchilar  yetakchi universitetda oliy texnik ma’lumot olish va yuqori texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatli natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar 9–11- sinf o‘quvchisi bo‘lishi;
  • Rossiya fuqarosi bo‘lmasligi;
  • Matematika faniga qiziqishi bo‘lishi va puxta bilimga ega bo‘lishi.

Ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 11-sinf o‘quvchilari uchun: Technopolis GS Group kompaniyasi tomonidan 2022-yil sentyabrdan 2023-yil maygacha (9 oy) to‘lanadigan 15.000 rubl oylik stipendiya (shaxsiy daromad solig‘i bilan);
  • 9–10-sinf o‘quvchilari uchun: elektron qurilmalar.

Tanlovning manfaatli jihatlari, shuningdek, g'oliblardan so'raluvchiq qo'shimcha hujjatlar va shartli holatlar haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Topshirish jarayoni

  • Tanlovda qatnashish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
  • Tanlov 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi:
  • 1-onlayn bosqich: 2021-yil, 06-sentabr–08 noyabr;
  • 2-onlayn bosqich: 2021-yil, 16 noyabr –01-dekabr;
  • 3-oflayn (yakuniy) bosqich Technopolis GS da: 2022-yil, 29–30-yanvar.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Email: math@gs-group.com

Tel:  +7 984 147 59 53; +7 812 332-86-68 (ext. 0433)

  • 1-bosqich uchun 1000 ta ishtirokchi saralab olinib, buning natijalari 15.11.2022 sanasida e’lon qilinadi;
  • 2-bosqich uchun 30 ta ishtirokchi saralab olinib, buning natijalari 07.12.2021 sanasida e’lon qilinadi;
  • 3-bosqich uchun 9- va 10- sinflardan kamida  5 tadan, 11-sinfdan esa 20 ta o‘quvchi saralab olinib, natijalar 30.01.2022 sanasida e’lon qilinadi.

Bu haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya 9–11-sinf o‘quvchilari uchun VIII Xalqaro Matematika tanlovi
07 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.