Tavsif
Siz o‘z hikoyangiz biz tomonimizdan o‘qib eshittirilishi va ommaga taqdim etilishini istaysizmi? U holda, ushbu tanlov aynan Siz uchun!
Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin!
Ushbu tanlovda yosh va jinsidan qat’i nazar, barcha professional va havaskor ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov shartlari quyidagicha:
• tanlov uchun yuborilgan hikoya hayotda sodir bo‘lgan voqealar va real shaxs-qahramonlarga asoslanishi (tamoman badiiy to‘qima mahsuli bo‘lmasligi);
• avval hech bir ommaviy axborot vositasida e’lon qilinmagan bo‘lishi;
• «Bu hikoyaga ishonish qiyin... Ammo haqiqat!» degan fikrni aks ettirishi;
• hikoya A4 formatdagi qog‘oz satrida, 1,5 qator oralig‘ida, Times New Roman 12 shrift kattaligida yozilgan bo‘lishi va 5 sahifadan oshib ketmasligi;
• hikoya matni tahrirtalab bo‘lmasligi, imloviy va uslubiy xatolardan holi bo‘lishi;
• hikoyani o‘z ichiga olgan Word faylining nomi muallifning ism-familiyasi bilan atalgan bo‘lishi;
• hikoyaning so‘nggi sahifasida muallifning ismi-familiyasi, manzili, telefon raqami hamda o‘zi haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan bo‘lishi lozim.
Hikoyalar 2021 yil 30 iyun kech soat 12:00ga qadar ovozlimaqolalar@gmail.com elektron pochta manziliga jo‘natilishi lozim.
Aziz do‘stlar! O‘zingiz guvohiga aylangan yoki o‘tmishda ro‘y bergan, millat o‘laroq bilishimiz, tanishimiz, o‘rnak olishimiz lozim bo‘lgan qahramonlar hayotiga oid hikoyalarni Sizdan kutib qolamiz!