Adliya vazirligi jurnalist va blogerlar uchun “Jamiyatda ayollar: huquq, himoya va imkoniyatlar” tanlovini eʼlon qiladi. Gʻoliblar qimmatbaho va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi
O‘zbekiston O‘zbekiston
20 Iyn, 2021 · Muddat tugagan

Adliya vazirligi jurnalist va blogerlar uchun “Jamiyatda ayollar: huquq, himoya va imkoniyatlar” tanlovini eʼlon qiladi. Gʻoliblar qimmatbaho va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Adliya vazirligi jurnalist va blogerlar uchun “Jamiyatda ayollar: huquq, himoya va imkoniyatlar” tanlovini eʼlon qiladi. Gʻoliblar qimmatbaho va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. 

Tanlov quyidagi nominatsiyalardan iborat:

  • “Аyollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga qaratilgan, huquq va kafolatlari yoritilgan eng yaxshi jurnalistik material uchun”;
  • “Аyollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga qaratilgan, huquq va kafolatlari yoritilgan eng yaxshi blogpost uchun”;
  • “Аdliya eʼtirofi”.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, xususan, jurnalistlar, foto-jurnalistlar va blogerlar;
  • Tanlovga taqdim etiladigan materiallar 2021-yilning birinchi choragida (Yanvar, Fevral, Mart) bosma yoki elektron OAVda, teleradio efirlarda yoki shaxsiy bloglarda eʼlon qilingan boʻlishi;
  • Har bir ishtirokchidan 3 tagacha material qabul qilinadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • G'oliblar qimmatbaho va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yilning 20-may kunidan 20-iyun kuni soat 23:59 gacha quyidagi hujjat va materiallar tanlov@adliya.uz elektron pochtasiga yuboriladi:

1. Ishtirokchi haqida maʼlumot;

2. Ishtirokchining fotosurati;

3. Tanlovda ishtirok etuvchi material (Word dasturida yozilgan matn yoki audio/video/foto fayl, faylning oʻzi yoki u joylangan sayt/fayl manbasiga havola).

Barcha materiallar eʼlon qilinganligi toʻgʻrisida skrinshot, pdf nusxa, havola bilan tasdiqlanishi kerak.

Tanlov gʻoliblari “27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami arafasida eʼlon qilinadi.

Gʻoliblar esdalik va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Tanlovga Ilmiy ishlar, seminar, trening, konferensiya, davra suhbatlari uchun tayyorlangan maʼruzalar, slaydlar, yirik janrdagi badiiy asarlar (qissa, roman, doston) qabul qilinmaydi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

O‘zbekiston Adliya vazirligi jurnalist va blogerlar uchun “Jamiyatda ayollar: huquq, himoya va imkoniyatlar” tanlovini eʼlon qiladi. Gʻoliblar qimmatbaho va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi
20 Iyn, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.