Adliya vazirligi tomonidan mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik – huquq demakdir” mavzusida ijodiy tanlov
O‘zbekiston O‘zbekiston
19 Avg, 2021 · Muddat tugagan

Adliya vazirligi tomonidan mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik – huquq demakdir” mavzusida ijodiy tanlov

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Adliya vazirligi mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik – huquq demakdir” mavzusida ijodiy tanlov eʼlon qiladi. 

Tanlovning maqsadi mustaqillikning 30 yilligini munosib nishonlash maqsadida aholining Vatan tuygʻusini yana-da yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.

Tanlovga ishtirokchilar oʻzlari tayyorlagan ijodiy ish namunalari: rasm, sheʼr, 3 daqiqadan oshmagan videorolikni joriy yilning 12-20-avgust sanasiga qadar yuborishi mumkin.

Tanlov gʻoliblari Mustaqillik bayrami arafasida eʼlon qilinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovga ishtirokchilar oʻzlari tayyorlagan ijodiy ish namunalari: rasm, sheʼr, 3 daqiqadan oshmagan videorolikni joriy yilning 12-20-avgust sanasiga qadar yuborishi mumkin;
  • Ishtirokchilar faqat bitta yoʻnalishdagi (masalan sheʼr yoki videorolik, rasm) ijodiy ish namunasi bilan bir marta tanlovga qatnashishi mumkin. Bir shaxs tomonidan bir xil namunadagi yoki turli xil ijodiy ish namunalari ikki va undan ortiq marotaba yuborilgan taqdirda ishtirokchi tanlovdan chetlatiladi;
  • Yuboriladigan materiallar “Mustaqillik huquq demakdir” mavzusi doirasida boʻlishi lozim. Tanlov materiallari puxta va aniq ishlab chiqilgan, ijodiy yondashilgan hamda mustaqillik toʻgʻrisida mualliflik huquqi talablariga rioya qilgan holda boʻlishi talab etiladi;
  • Tanlovga ishtirokchilar oʻzlari tayyorlagan ijodiy ish namunalari: rasm, sheʼr, 3 daqiqadan oshmagan videorolikni joriy yilning 12-20-avgust sanasiga qadar yuborishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov gʻoliblari Mustaqillik bayrami arafasida qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar.

Topshirish jarayoni

1. Tanlovga materiallarni qabul qilish joriy yilning 12-avgustidan 20-avgustigacha (shu kuni ham) davom etadi.

2. Qatnashchilar oʻz ijodiy ishlarini @mustaqillik_tanlovibot telegram botiga yuborish orqali tanlovga qatnashadi. Shuningdek, ishtirokchilar oʻzining toʻliq F.I.O., mobil telefon raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjatini rasmga olib botga yuborishi talab etiladi.

3. Ishtirokchilar oʻzining ijodiy ishini yagona fayl (arxiv – “.rar”, “.zip”) shaklida belgilangan manzilga yuborishi kerak. Belgilangan talablarga javob bermagan ijodiy ish namunasi hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovni oʻtkazish bosqichlariga quyidagilar kiradi:

a) tanlov ishtirokchilaridan materiallarni qabul qilish va toʻplash.

Muddati: 12-avgustidan 20-avgustigacha (shu kuni ham) davom etadi;

b) tanlov ishtirokchilari tomonidan yuborilgan materiallarni hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqish va baholash.

Muddati: 20-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi;

v) tanlov natijalari avgust oyining oxirgi oʻn kunligida eʼlon qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik – huquq demakdir” mavzusida ijodiy tanlov
19 Avg, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.