Tavsif
N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti tomonidan “Step into the Future” xalqaro olimpiadasi. Olimpiada dasturlash, fizika, matematika sohalariga qiziquvchi akademik litsey/kollej, 10-11-sinf oʻquvchilari uchun tashkil qilingan boʻlib, gʻoliblar Moskva davlat texnika universitetida bepul oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritishadi. N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi. Har bir bosqichda faqat bir marta qatnashish imkoniyati bor, Ishtirokchilar jami 3 ta bosqichda qatnashadilar. G'oliblik ishtirokchi qaysi bosqich bo'yicha eng yuqori ball olgan boʻlsa, shunga ko'ra aniqlanadi.