AKFA Universitetidan 11-sinf va akademik litseylarning oxirgi bosqich oʻquvchilari uchun matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha II yutuqli olimpiada
O‘zbekiston O‘zbekiston
28 Fev, 2022 · Muddat tugagan

AKFA Universitetidan 11-sinf va akademik litseylarning oxirgi bosqich oʻquvchilari uchun matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha II yutuqli olimpiada

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

AKFA Universiteti 11-sinf oʻquvchilari va akademik litseylarning oxirgi bosqich oʻquvchilari oʻrtasida matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha II olimpiadani oʻtkazadi.

Olimpiada iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning fanga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida oʻtkaziladi. Olimpiadada kelajakda AKFA Universitetida oʻqishni istagan maktablarning 11-sinf oʻquvchilari va akademik litseylarning 3-bosqich oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha olimpiada uch bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda qiziquvchi yoshlar ushbu havola orqali 2022-yil 10-yanvardan 1-martgacha roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Ishtirokchilar bitta yoki bir nechta fanlarni tanlashlari mumkin.

Har bir fandan 10 nafar gʻoliblar saralab olinadi. Olimpiada gʻoliblari AKFA universitetida oʻqish uchun 25 million soʻmgacha pul mukofotiga ega boʻladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Olimpiadada kelajakda AKFA Universitetida oʻqishni istagan maktablarning 11-sinf oʻquvchilari va akademik litseylarning 3-bosqich oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Har bir fan boʻyicha 10 nafar gʻolib aniqlanadi, ular quyidagi sovrinlarga ega boʻlishadi:

  • 1-2 oʻrinlar — 25 million soʻm;
  • 3-4 oʻrinlar — 20 million soʻm;
  • 5-6 oʻrinlar — 15 million soʻm;
  • 7-8 oʻrinlar — 10 million soʻm;
  • 9-10-oʻrinlar — 5 million soʻm.

Sovrin egalari ushbu mablagʻlardan faqat AKFA Universitetida oʻqish uchun toʻlovlarni toʻlash uchun foydalanishi mumkin. Agar ishtirokchi bir nechta fanlar boʻyicha sovrindorga aylansa, mukofotlar jamlanadi, bu esa AKFA Universitetida bepul oʻqish imkoniyatini beradi.

Topshirish jarayoni

Matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha olimpiada uch bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda qiziquvchi yoshlar ushbu havola orqali 2022-yil 10-yanvardan 1-martgacha roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Ishtirokchilar bitta yoki bir nechta fanlarni tanlashlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Olimpiada 3 bosqichda boʻlib oʻtadi. 2022-yil 10-mart kuni boʻlib oʻtadigan birinchi bosqichda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar onlayn olimpiadada qatnashadilar. Har bir fan boʻyicha test topshiriqlari soni 20 tadan iborat boʻladi. Birinchi bosqich natijalariga koʻra har bir fandan eng yuqori ball toʻplagan 100 nafar yoshlar ikkinchi bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Ikkinchi bosqich 2022-yil 17-mart kuni boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar fanga qarab 20 tadan 25 tagacha topshiriqlarni yechishlari kerak boʻladi. Har bir fandan eng yuqori ball toʻplagan 25 nafar yoshlar ikkinchi bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Olimpiadaning yakuniy bosqichi 31-mart kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Yakuniy bosqich ishtirokchilari matematika, kimyo va biologiya boʻyicha 10 ta masalani yechishadi. Ingliz tilidan sinovlar insho va test savollaridan iborat boʻladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston AKFA Universitetidan 11-sinf va akademik litseylarning oxirgi bosqich oʻquvchilari uchun matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha II yutuqli olimpiada
28 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.