Tavsif
Oʻzbekistonda chet tillarini oʻqitish va oʻrgatishni rivojlantirish maqsadida AUning taʼlim maktabi butun mamlakat boʻylab tanlangan ESL oʻqituvchilari/instruktorlari uchun bepul oʻqituvchilar tayyorlash dasturini taklif qiladi.
Dasturga 60 nafar ingliz tilida oʻqituvchilari qabul qilinadi.
Ishtirokchilarga qulaylik yaratish maqsadida bir haftalik (Dushanba-Juma kunlari) yozgi intensiv dasturi tashkil etiladi. Dastur ishtirokchilari oʻz pedagogik mahoratlarini oshirish va uni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
“Ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish” yoʻnalishi boʻyicha xalqaro magistr darajasiga ega professorlar tanlab olingan oʻqituvchilarning talablari asosida oʻqitish, sinfni boshqarish, baholash va ingliz tilini oʻqitishning boshqa koʻplab noyob jihatlari boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashadilar. Dastur yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.