Tavsif
Art Major Asian plus (AMA+) grant dasturi — bu Koreya Respublikasi Madaniyat, sport va turizm vazirligining Official Development Assistance(ODA) loyihasi hisoblanadi. Dastur rivojlanayotgan mamlakatlarning ijodiy iqtidorga ega boʻlgan talabalarining ilgʻor akademik salohiyati va qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yoʻlga qoʻyilgan.
Grant dasturi doirasida nomzodlar Korea National University of Arts oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant yutib olish imkoniyatiga ega boʻladi. Shuningdek, aviachipta, yashash xarajatlari qoplanadi va koreys tili trening kurslarida ishtirok etishlari mumkin.
Ushbu AMA+ grant dasturi orqali 2005-yildan buyon dunyoning 32 mamlakatidan 325 nafar talaba tahsil oldi va ularning koʻpchiligi sanʼat va madaniyat hamda oliy sanʼat taʼlimi sohalarida mahalliy yoki xalqaro miqyosda faoliyat yuritib kelmoqda.
Rasmiy sayt orqali dastur haqida batafsil maʼlumot olish mumkin.