Tavsif
Amerika elchixonasi tomonidan 18-21-yanvar kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan 4 kunlik barcha xarajatlari qoplanadigan #GoSkillz seminariga qabul davom etmoqda.
GoSkillz seminari netvorking, tovarlar va xizmatlarni onlayn reklama qilish uchun yangi koʻnikmalarni egallashga qaratilgan. Seminarda, asosan, biznes, media, texnologiya va madaniyat sohasida ishlayotgan/ishlashni maqsad qilgan, internetda oʻz xizmatlarini yoki mahsulotlarini promout (targʻib) qilishni istagan barcha yoshlar qatnashishlari mumkin.
Seminar davomida:
- netvorking;
- kontent yaratishning asosiy teoriyasi va amaliyoti;
- target (maqsadli) auditoriyani aniqlash, kontent rejasini tuzish va asosiy xabarlarni yozish;
- muhokama, jamoada ishlash, ekspertlarning fikr-mulohazalari va insaytlarini oʻrganish imkoniyati mavjud.
Seminarning birinchi yarmi timbilding va netvorking uchun ajratiladi, qolgan 2, 3, 4- kun davomida amaliy seminarlar orqali yangi media-kontent yaratish koʻnikmalarni rivojlantirish mumkin.
Seminarga 30 kishi qabul qilinadi va joylar soni cheklangan!