Tavsif
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi Sambo boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi, jiu-jitsu va dzyudo boʻyicha professional instruktorlar, Amerika psixologlar assotsiatsiyasi aʼzosi boʻlgan professional psixolog — AQSh xalqaro almashinuvi dasturlarining bitiruvchilari — bilan hamkorlikda qizlar va ayollar oʻzlarini himoya qilishlari uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan oʻz-oʻzini himoya qilish boʻyicha oʻquv dasturining 2025-yildagi raundini Urganch shahrida boshlamoqda.
Mashgʻulotlar Urganch shahri Sambo zamonaviy sport zalida uch oy davomida oʻtkaziladi. Mashgʻulotlarning aniq boshlanish sanasi boʻyicha maʼlumot tanlab olingan barcha ishtirokchilarga qoʻshimcha ravishda yetkaziladi. Ikkita yosh boʻyicha tuzilgan guruh tayinlanadi, har bir guruh ishtirokchilari soni 30 kishidan oshmaydi.
- A guruhi: 13 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan qizlar — seshanba, payshanba va shanba soat 16:00 dan 17:00 gacha;
- B guruhi: 18 yoshdan oshgan ayollar — seshanba, payshanba va shanba soat 17:00 dan 18:00 gacha.
Qabul joylar toʻlguncha davom etadi, tezroq hujjat topshirib oʻz joyingizni band qilish tavsiya qilinadi.