Tavsif
AQSh Davlat departamenti AQSh elchixonasining Toshkentdagi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (PAS) elchixonaning Ingliz Tili Kichik Grantlari Dasturini mamnuniyat bilan e'lon qiladi.
Ushbu grant mamlakatda ingliz tilini o'qitish sifatini yaxshilash; ingliz tilini o'qitishning innovatsion va interaktiv usullarini rag'batlantiruvchi asosiy omillarni aniqlash; ingliz tili o'qituvchilarining yangi avlodlarini tayyorlash; talabalarni ingliz tilini o'rganishda ustunlikka erishishini rag'batlantirish; va iqtisodiy o'sish va rivojlanishni qo'llab-quvvatlovchi ingliz tilidagi dasturlarni yaratishni qo'llab quvvatlaydi. Aniqrog'i, ushbu imkoniyat ingliz tili o'qituvchilarini ijodiy bo'lishga va talabalarining nafaqat ingliz tili qobiliyatini oshirishga, balki ularning tanqidiy fikrlash va qaror qabul qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga, shuningdek, ularning salohiyatini namoyish etishga qodir markazlar / klublar / dasturlar yaratishga intiladi. Universitetlar va maktablarda ko'plab iqtidorli talabalar bor va sinfdan tashqari to'garaklarda yoki ingliz tilini o'rganish kabi dasturlarda qatnashish ular uchun foydali bo'lishi mumkin. Ushbu imkoniyat, o'z tengdoshlarini rag'batlantirish uchun g'oyalarni ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan iste'dodli talabalarni topishga intiladi.
Loyiha maqsadi: O'zbekiston hukumatining ingliz tilidagi ta'lim islohotlari maqsadlarini qo'llab-quvvatlash uchun O'zbekistondagi ingliz tilini o'qitish va o'rganish sifatini oshirish
Loyiha auditoriyasi: Elchixona O'zbekistonning barcha mintaqalaridagi muassasalar va jismoniy shaxslardan hamda ayol va erkak murojaat etuvchilarning murojaatlarini rag'batlantiradi.
Hujjat topshiruvchi loyihalar quyidagi maqsadlardan biriga yoki bir nechtasiga erishishga qaratilgan bo'lishlari kerak:
1. Universitet ingliz tili o'qituvchilari ingliz tili darslarida zamonaviy interaktiv o'qitish usullaridan qanday foydalanishni o'rganishlari;
2. O'rta va oliy o'quv yurtlari talabalari ingliz tilida nutq, yozish, o'qish va tinglash qobiliyatlarini yaxshilashi;
3: O'rta va oliy o'quv yurtlari talabalari, ayniqsa qiz talabalar, o'qitish tili sifatida ingliz tili bilan mashg'ulotlarda qatnashib, innovatsion fikrlash, jamoat oldida so'zlash va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini yaxshilashi kerak.
Loyihalarga quyidagilar misol bo'lishi mumkin, lekin ular faqat bu bilan chegaralanmaydi:
- Suhbat guruhlari (Speaking clubs);
- Drama uchun ingliz tili;
- Debat klublari;
- Amerika adabiyoti yoki Amerika kino klubi kabi klublarni rivojlantirish
- Talabalar uchun ingliz tili lagerlari;
- O'qituvchilar uchun ingliz tilidagi treninglar yoki seminarlar;
- Ingliz tili va STEMni targ'ib qilish uchun dasturlash;
- Mehmonxonalarni boshqarish / turizm uchun ingliz tilini takomillashtirish uchun dasturlash;