Amerika elchixonasidan Qarshi shahrida xotin-qizlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilish bo'yicha "self-defence" mashg'ulotlari
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 Mar, 2024 · Muddat tugagan

Amerika elchixonasidan Qarshi shahrida xotin-qizlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilish bo'yicha "self-defence" mashg'ulotlari

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Oʻzbekistonning ayol va bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida AQSh elchixonasi xotin-qizlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilish mashg’ulotlarini respublikaning boshqa viloyatlarida ham o’tkazilishini mamnuniyat bilan eʼlon qiladi.

Mashg’ulotlar endi Qashqadaryo viloyatida tashkil etilib, u yerdagi ayollar va qizlar uchun o’z-o‘zini himoya qilish usullarini o‘rganishda imkoniyat yaratiladi.

AQShning O’zbekistondagi elchixonasi “Sports Visitor” – AQSH xalqaro almashinuv dasturlarining bitiruvchisi hamda professional taekvondo murabbiyi bilan hamkorlikda xotin-qizlar o’zlarini himoya qilishlari uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar va o’z-o’ziga bo’lgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan o’z-o’zini himoya qilish bo’yicha o’quv dasturining ikkinchi bosqichini Qashqadaryo viloyatida boshlamoqda.
Mashg’ulotlar 2025-yil fevral oyidan boshlab Qarshi shahridagi suv sporti majmuasida uch oy davomida o’tkaziladi.

• A guruhi: 13 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan qizlar – dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 16:00 gacha;
B guruhi: 18 yoshdan oshgan ayollar –  dushanba, chorshanba va juma kunlari soat  16:00 dan 17:00 gacha.

Mashg’ulotlarning aniq boshlanish sanasi haqidagi ma’lumot tanlab olingan barcha ishtirokchilarga qo’shimcha ravishda yetkaziladi. Yoshi turlicha bo’lgan xotin-qizlar uchun alohida ikkita guruh tuziladi. Har bir guruhdagi ishtirokchilar soni 30 kishidan oshmaydi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzod A guruh uchun 13-17 yosh oralig'ida bo'lishi;
  • B guruh uchun 18 yosh yoki undan oshgan bo'lishi (yuqori limit yo'q);
  • Qarshi shahrida bo'lib o'tuvchi mashg'ulotlarga qatnasha olishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

Ishtirokchilar 

  • O’zlarini jismoniy zo’ravonlikdan himoya qilish; 
  • Yaxshi jismoniy holat va osoyishtalikni saqlash uchun texnika va mashqlar;
  • Nizolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish usullarini o’rganadilar

Topshirish jarayoni

Eslatma

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2025-yil 24-yanvar*

*Har bir guruhga faqatgina 150 ta ariza ro’yxatga olinadi. Arizalar belgilangan muddat yoki 150 ta ariza kelib tushgunga qadar qabul qilinadi va ko’rib chiqiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Ushbu loyiha faqat qizlar va ayollar uchun mo’ljallangan.
  • Mashg’ulotlar bepul.
  • Ishtirokchilar qatnashish uchun taqdim etilgan arizalarga ko’ra tanlab olinadi.
  • Darslar Qarshi shahridagi Suv sporti majmuasida o’tkaziladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 13

  • Jins

    Ayol

O‘zbekiston Amerika elchixonasidan Qarshi shahrida xotin-qizlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilish bo'yicha "self-defence" mashg'ulotlari
09 Mar, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.