Tavsif
Toshkentdagi Amerika elchixonasi tomonidan (USAID) Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi
Loyiha Agrobiznes yo‘nalishidagi quyidagi sohalarni rivojlantirishga qaratilgan:
- Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, yigʻim-terimdan keyin ishlov berish, qayta ishlash va sotish sohasida yangi qoʻshimcha qiymatli texnologiya va boshqaruv amaliyotini joriy etish orqali agrobiznesning raqobatbardoshligini oshirish;
- Ayollar va yoshlarga qishloq xoʻjaligi korxonalarida malakali ish joylarini egallash va oʻz agrobiznesini ochish uchun koʻnikma va bilimlarni berish;
- Agrobiznes ehtiyojlarini qondirish uchun oʻquv dasturlarini takomillashtirish va maqsadli ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish uchun qishloq xoʻjaligi taʼlim muassasalarini xususiy sektor bilan bogʻlash;
- Xususiy va davlat sektori qishloq xoʻjaligini kengaytirish xizmatlarini kuchaytirish va diversifikatsiya qilish;
- Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligining oʻsishi va rivojlanishiga koʻmaklashish siyosatini ishlab chiqish va takomillashtirish.
Loyiha, ayniqsa, ayollar va yoshlarni boshqaruv, texnik va/yoki boshqa rahbarlik qiluvchi lavozimlarga ishga joylashtirmoqchi boʻlgan xususiy sektor korxonalarini qoʻllab-quvvatlash va birgalikda investitsiyalar kiritishga katta eʼtibor qaratadi. Arizalar yuqorida aytib oʻtilganidek, qoʻshilgan qiymatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xizmatlarini ilgari surishga qaratilishi kerak. Ushbu eʼlonga koʻra, yoshlar 16 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan shaxslar sifatida belgilanadi. Loyiha doirasida, baʼzi nomzodlar qoʻshimcha texnologiya/uskunalarni toʻliq ishlatish uchun texnik yordam va/yoki oʻqitishga (malaka oshirishga) muhtoj boʻlishi mumkin. Shu sababli, nomzodlarga texnik yordam va/yoki oʻqishga (malaka oshirishga) boʻlgan ehtiyojlarini arizalarida koʻrsatib berish tavsiya etiladi.