Tavsif
Oʻzbekistondagi Xalqaro Taʼlim boʻyicha Amerika Kengashi AQShning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Central Asian Spelling Bee Contest – 2022” tanlovini tashkil etmoqda.
Tanlovda hozirda bakalavr bosqichida oʻqiyotgan barcha ingliz tili va inglizcha soʻzlar imlosiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:
- 1-bosqich. Oʻzbekiston viloyatlarida hududiy bosqich — 2022-yil sentyabr oyida;
- 2-bosqich. Hududiy bosqich gʻoliblari ishtirokida Toshkentda respublika bosqichi — 2022-yil oktyabr oyida;
- 3-bosqich. Mintaqaviy bosqich respublika gʻoliblari ishtirokida Toshknetda “Central Asian Spelling Bee Contest – 2022” — 2022 yil noyabr oyida.