Tavsif
Faculty Enrichment Program dasturi orqali Oʻzbekiston universitetlari instruktorlari, maʼruzachi oʻqituvchilari oʻzlarining pedagogik malakalari hamda oʻz sohalari boʻyicha professional mahoratlarini oshirishlari mumkin boʻladi. Ushbu dasturni tashkillashtirish orqali tashkilotchilar Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, taʼlim aloqalarini rivojlantirish hamda kasbiy mahoratni oshirishni maqsad qilishgan.
4 oy davom etadigan dastur davomida ishtirokchilar turli kurslarda, akademik konferensiyalarda ishtirok etish hamda AQShdagi dasturga mezbonlik qilayotgan universitet fakulteti mentorlari bilan yaqindan ishlash imkoniyatini qoʻlga kiritishadi. Universitetda 4 oy davomidagi oʻqish va turar-joy xarajatlari Amerika Konsulligi tomonidan qoplanadi. Dasturga ariza topshirish jarayoni 2024-yil 20-sentyabrgacha davom etadi.
Dasturda quyida keltirilgan yoki shunga yaqin sohalar boʻyicha ishtirok etish mumkin:
- Buxgalteriya hisobi;
- Qishloq xoʻjaligi fanlari;
- Moliya;
- Biotexnologiya;
- Muhandislik;
- Axborot texnologiyalari;
- Kompyuter fanlari;
- Taʼlim;
- Energiya xavfsizligi;
- Sogʻliqni saqlash;
- Davlat boshqaruvi.
Muhim! Oʻzbekiston hukumati tomonidan tavsiya qilingan buxgalteriya hisobi/moliya, STEM sohalari, shu jumladan biotexnologiya, muhandislik va IT/kompyuter fanlari, qishloq xoʻjaligi fanlari, taʼlim, energiya xavfsizligi, sogʻliqni saqlash va davlat boshqaruvi kabi sohalardagi nomzodlarga saralash jarayonida imtiyozlar berilishi mumkin.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.