Amerikada haftasiga $600 haq to‘lanadigan 10 haftalik  Breakthrough Generation amaliyot dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
27 Yan, 2022 · Muddat tugagan

Amerikada haftasiga $600 haq to‘lanadigan 10 haftalik Breakthrough Generation amaliyot dasturi

Tadqiqot Stipendiya

Tavsif

Breakthrough Generation - bu Breakthrough institutining yosh yetakchilar tashabbusi bo‘lib, ushbu tashabbus tomonidan butun dunyo bo‘ylab yosh mutaxassislar uchun 10 haftalik amaliyot dasturini e’lon qiladi.  Dasturga qabul qilinganlar dastlab ikki haftasini o‘qish, yozish, Breakthrough dastur tartibini bildiruvchi keng ko‘lamli fikrlash asoslarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan ekspert ma’ruzalaridan iborat Breakthrough Bootcampda qatnashishadi. Dasturning qolgan qismi 3 ta soha: Iqlim va energiya; Oziq-ovqat va fermerlik; Shaharlarsozlik kabi kichik jamoalarga birlashgan holda o‘tiladi.

Tadqiqot va tahlillardan tashqari, ishtirokchilar “Breakthrough Dialogue” da qatnashadilar, bunda bu jamiyat va atrof-muhitni o‘rganishda yetakchi mutafakkirlar, yozuvchilar va olimlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Dastur davomida qatnashuvchilar tadqiqot ilmiy rahbarligi ostida maqola, hisobot va qaydlar  ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak;

  • Dasturga barcha davlat fuqarolari qatnasha olishadi;
  • Nomzod bakalavrning oxirgi bosqich yoki magistratura yoki doktorantura  talabasi bo‘lishi;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi;
  • Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar COVID-19 ga qarshi to‘liq emlangan bo‘lishi kerak;

Dastur talablari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan quyidagi imtiyozga ega bo‘lishadi:

  • Dasturga qabul qilinganlarga haftasiga  $600 ish haqi bilan ta’minlanadi.

Topshirish jarayoni

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshiriladi. 

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar so‘raladi:

  • CV/Rezyume(maksimal  2 bet);
  • Muqova xat(Cover letter);
  • Nomzod tadqiqot olib boradigan mavzusi bo‘yicha 3 ta yozma ish namunasi;
  • Tavsiyanoma beruvchining kontakt ma’lumotlari.
  • Barcha hujjatlar ingliz tilida va PDF shaklida yuklanishi lozim.

Ariza topshirish muddati tugagandan so‘ng 2-4 hafta ichida nomzodlarga  natijalar e’lon qilinadi. Ariza topshirish bosqichidan o‘tgan nomzodlar bilan telefon orqali intervyu o‘tgandan so‘ng yakuniy natijalar aniqlanadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

Email: thebreakthrough.org. fellowship emailiga yuzlanilsin. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Soha

    Amaliy fanlar va kasblar, Atrof-muhit va Geologiya fanlari, Sanʼat, dizayn va arxitektura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Amerikada haftasiga $600 haq to‘lanadigan 10 haftalik Breakthrough Generation amaliyot dasturi
27 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.