Amerikadagi Drexel Universiteti tomonidan bakalavr bosqichida bepul o‘qish uchun Drexel Global Scholarship dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
14 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Amerikadagi Drexel Universiteti tomonidan bakalavr bosqichida bepul o‘qish uchun Drexel Global Scholarship dasturi

Bakalavr To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Amerikaning eng yirik shaharlaridan biri -  Pensilvaniyada joylashgan Drexel Universiteti Global Scholarship dasturi doirasida grant taqdim etadi. Grantga Drexel Universiteti bakalavr bosqichiga qabul qilingan va 2022-yil kuzgi semestrdan o‘qishini boshlovchi talabalar ariza topshirishlari mumkin. Dasturga yuqori akadademik ko'rsatkichlarga va liderlik qobiliyatiga ega xalqaro talabalar qabul qilinadi. Shuningdek, Global Scholarship dasturi jamoa bilan yaxshi ishlay oladigan, jamoat ishlarida faol, liderlik qobiliyatini rivojlantirishni istaydigan talabalarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar Drexel universiteti bakalavr bosqichiga qabul qilingan bo‘lishlari kerak;
  • O‘qishni 2022-yil kuzgi semestrdan o'qishni boshlaydigan xalqaro talabalar grant yutishlari mumkin;
  • Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilishlari talab etiladi (tavsiya etilgan IELTS balli - 7);
  • Grant faqat 12 ta o'quv choragi davomida amal qiladi.

Drexel universitetiga qabul bo‘yicha talablar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Drexeler Global Scholar Grantini yutgan talabalar kontrakt to‘lovidan to‘liq ozod etiladi;
  • Birinchi kurs talabalariga turar-joy bo‘yicha yordam beriladi.

Topshirish jarayoni

  • Avvalombor universitet bakalavr bosqichiga o'qishga hujjat topshirish va qabul qilinish kerak bo'ladi;
  • Shundan so'ng grant dasturiga qabul qilinish uchun insho, CV va to‘ldirilgan ariza shaklini 15-noyabrga qadar topshirib, yuborilgan hujjatlar qabul qilingan yoki qilinmaganini quyidagi sayt orqali tekshirib olishingiz mumkin;
  • Hujjatlaringiz to‘liq qabul qilinganidan so‘ng saytga kirish uchun email yuboriladi;
  • Agar grant uchun hujjat topshirishga ruhsat berilsa, saytdagi Enrichment & Scholarship Applications bo‘limida qo‘shimcha ariza formasini to‘ldirishingiz mumkin;
  • Drexel Universitetini tamomlaganingizdan keyin yurtingizga qaytib qanday o‘zgarishlar qilmoqchi ekanligingiz haqida 750 ta so‘zdan oshmagan insho yozib bitta dokument sifatida yuborishingiz so‘raladi;

Drexel Universiteti bakalavr bosqichiga qabul uchun kerakli hujjatlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi email adresga murojaat qilishingiz mumkin: enroll@drexel.edu

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 7

AQSh Amerikadagi Drexel Universiteti tomonidan bakalavr bosqichida bepul o‘qish uchun Drexel Global Scholarship dasturi
14 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.