Amerikaning Рensilvaniya universitetidan muhandislik va IT sohasiga qiziqadigan iqtidorli 10-sinf oʻquvchilari uchun yozgi maktab — ESAP
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
01 Mar, 2024 · Muddat tugagan

Amerikaning Рensilvaniya universitetidan muhandislik va IT sohasiga qiziqadigan iqtidorli 10-sinf oʻquvchilari uchun yozgi maktab — ESAP

Yozgi maktab Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

AQShning nufuzli Pensilvaniya universiteti (UPenn) muhandislik va IT sohasiga qiziqqan iqtidorli 10-sinf oʻquvchilari uchun 3 haftalik ESAP yozgi maktab dasturini taqdim qiladi.

Dastur 2024-yil 7-iyuldan 27-iyulgacha davom etadi hamda 7 ta kursni oʻz ichiga oladi:

  • Artificial Intelligence;
  • Biotechnology;
  • Computer Graphics;
  • Computer Science;
  • Nanotechnology;
  • Networks;
  • Robotics.

Maʼlumot uchun: ESAP (Engineering Summer Academy at Penn) iqtidorli maktab oʻquvchilari uchun muhandislik fanlarini yuqori darajada oʻrgatish uchun tashkil qilinmoqda. Akademiyaning uch haftalik intensiv dasturlari murakkab nazariyalar va ilgʻor texnologiyalar boʻyicha amaliy tajribalardan iborat. Darslar mamlakatning yetakchi oʻqituvchilari tomonidan olib boriladi. Dastur universitetning tarixiy kampusida yashash va butun dunyodan yangi doʻstlar orttirish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar oʻrta maktabning toʻqqizinchi sinfini tugatgan boʻlishi va dastur boshlanishiga qadar kamida 15 yoshga toʻlishi kerak;
  • TOEFL 80 balldan yuqori boʻlishi shart (TOEFLʼga ekvivalent sifatida IELTS sertifikati qabul qilinmaydi);
  • Matematika va tabiiy fanlar boʻyicha yuqori natijalarga erishgan boʻlishi lozim (kamida GPA 3.0 yoki unga ekvivalent);
  • Saralashda nomzodning akademik yutuqlari, ijodiy fikrlashi, mustaqil va jamoada ishlash qobiliyati va oʻqish davomidagi faolligi hisobga olinadi;
  • AQSh fuqarosi yoki rezidenti boʻlmagan ishtirokchilardan dasturda qatnashish uchun F-1 vizasi talab qilinadi.

Eslatma: Universitet endi sogʻliqni saqlash sohasi boʻlmagan nomzodlardan COVID-19 uchun vaksina olganligi haqida hujjat talab qilmaydi. Hozirda oʻrta maktabning bitiruvchi sinfida tahsil olayotgan oʻquvchilar qabul qilinmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturga qabul qilingan nomzodlar moliyaviy yordam uchun ariza topshirishlari mumkin. Ularning holatiga koʻra dastur ishtirokchilarning xarajatlarini toʻliq qoplab berishi koʻzda tutilgan. Moliyaviy yordam boʻyicha batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
  • Oʻqish uchun sarflanadigan barcha xarajatlar qoplanadi;
  • Ovqatlanish, yashash xarajatlari, kurs materiallari va dasturga oid turli sayohatlar moliyalashtiriladi.

Eslatma: Dasturda qatnashish 8500 AQSh dollarni tashkil qiladi. Nomzodga moliyaviy yordam berilgan taqdirda ushbu summa $0 va $8500 oraligʻida boʻlishi mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Onlayn ariza;
  • Insho (maksimal 500 ta soʻz);
  • Qisqa savollarga javob (har biri uchun maksimal 200 ta soʻz);
  • Oʻrta maktabdagi trankriptlar (toʻgʻridan-toʻgʻri maktabdan elektron pochta orqali PDF formatda esap@seas.upenn.edu manziliga yuboriladi);
  • 2 ta tavsiyanoma (Tavsiya qiluvchining aloqa maʼlumotlari onlayn arizada (ism, telefon raqami va elektron pochta manzili) taqdim etilishi kerak. Keyin ularga xatni onlayn yuborish boʻyicha koʻrsatmalar elektron pochta orqali yuboriladi. Tavsiyanomadan kamida bittasi matematika yoki fan oʻqituvchisi tomonidan yozilgan boʻlishi kerak);
  • Til bilish sertifikatlari (PSAT, SAT I/ II, ACT, AP, TOEFL).

Moliyaviy yordam uchun ariza dasturga hujjat topshirgandan keyin 10 kun ichida CollegeNetʼga PDF shaklda yuklanishi kerak. Buning uchun quyidagi amallar ketma-ketlikda bajariladi:

  • CollegeNetʼda hisob ochiladi;
  • “Online Application” (Onlayn ariza) yoki “Manage Your Account” (Hisobingizni boshqarish) tugmasi bosiladi;
  • Keyin “View Checklist” tugmasini bosiladi;
  • Moliyaviy yordam arizasi uchun yuklash tugmasi sahifaning pastki qismida paydo boʻladi. Aynan shu joyga talab qilingan hujjatlar bitta fayl koʻrinishida yuklanadi.

Muhim: Ariza topshirish uchun 85 AQSh dollar miqdorida bir martalik toʻlov qilish kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Muhim sanalar:

  • Erta qabul uchun oxirgi muddat: 1-mart, 2024-yil;
  • Erta qabul uchun natijalar eʼlon qilinadi: 8-aprel, 2024-yil;
  • Doimgi qabul uchun oxirgi muddat: 5-aprel, 2024-yil.

Dastur haqida qoʻshimcha quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 15

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Amerikaning Рensilvaniya universitetidan muhandislik va IT sohasiga qiziqadigan iqtidorli 10-sinf oʻquvchilari uchun yozgi maktab — ESAP
01 Mar, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.