Amerikaning Southern Illinois University Edwardsville oliygohida bakalavr bosqichida bepul o'qish hamda turar joy xarajatlarini qoplovchi Meridian Scholarship dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
30 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Amerikaning Southern Illinois University Edwardsville oliygohida bakalavr bosqichida bepul o'qish hamda turar joy xarajatlarini qoplovchi Meridian Scholarship dasturi

Bakalavr To‘liq taʼlim Qisman moliyalash

Tavsif

Meridian scholarship - AQShdagi Southern Illinois University Edwardsville (SIUE) oliygohida bakalavr bosqichida o'qimoqchi bo'lgan talabalarga taqdim etiladigan akademik stipendiya hisoblanadi. Meridian stipendiatlari to'rt yillik universitetda o'qish to'lovi va qo'shimcha xarajatlar, turar-joy va oziq-ovqat bilan ta'minlanadi. 

Stipendiyaga nomzodlar minimum GPA 3.5/4.0 ga ega bo'lishi kerak.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qo'yiladigan talabalar:

  • SIUE ga bakalavr bosqichi talablariga javob berishi hamda unga hujjat topshirgan bo'lishi;
  • Maktab/kollej/litseydagi o'rtacha baho - min GPA 3.5/4.0
  • Universitetga kirish uchun minimum IELTS 6 talab etiladi

Batafsil ma'lumot bilan tanishib chiqing.

Imtiyozlar va qulayliklar

Stipendiya quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Universitetda o'qish to'lovi (4 yillik);
  • Qo'shimcha to'lovlar;
  • Turar-joy;
  • Oziq-ovqat.

Topshirish jarayoni

  1. SIUE ga onlayn hujjat topshiriladi:
  • Til sertifikati - IELTS min 6.0
  • Akademik transkript
  • Nomzodning moliyaviy hujjatlari

Bakalavr dastulariga hujjat topshirish haqida batafsil ma'lumot.

     2. Meridian Scholarship dasturiga nomzod bo'lish uchun Online Supplemental Profileni to'ldirishingiz kerak.

Meridian Scholarship dasturi bilan batafsil tanishib chiqing.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6

AQSh Amerikaning Southern Illinois University Edwardsville oliygohida bakalavr bosqichida bepul o'qish hamda turar joy xarajatlarini qoplovchi Meridian Scholarship dasturi
30 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.