Ananaviy  xalqaro “Kazan OIC Youth Entrepreneurship” forumi. Eng muvaffaqiyatli startap asoschilari  $20,000 miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadilar
Rossiya Rossiya
14 Mar, 2023 · Muddat tugagan

Ananaviy xalqaro “Kazan OIC Youth Entrepreneurship” forumi. Eng muvaffaqiyatli startap asoschilari $20,000 miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadilar

Konferensiya Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Yoshlar diplomatiyasi akademiyasi va Qozon IT-parki va boshqalar bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan Qozon IHT Yoshlar tadbirkorlik forumi har yili oʻtkaziladigan keng koʻlamli xalqaro yoshlar tadbirkorlik faoliyati bo‘lib, 2023-yilgi bu forum IHT mintaqasidan tasdiqlangan MVPlarga ega boʻlgan boshlangʻich bosqichdagi startaplar uchun moʻljallangan. 

Forum qatnashchilari turli madaniyatlarga ega bo‘lgan global jamoalar bilan ishlash orqali o‘z tajribalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek forum qatnashuvchilarning o‘z maqsadlariga erishishda yordam beradi.

Forum kunlari: 15-20 may, 2023-yil

Forum ingliz tilida o'tkaziladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Forumga nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • 18-35 yosh oralig‘ida bo‘lishi;
  • IT startapi loyihasiga ega bo‘lishi;
  • Loyiha asoschisi/muassissi bo‘lishi;
  • Prototipga (MVP) ega bo‘lish.

Forumning maqbullik shartlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Forum qatnashuvchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladilar:

  • Eng muvaffaqiyatli startaplar $20 000 miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadilar;
  • 20 soatlik ma’ruzalar, 80 soatlik individual tarzda murabbiylik mashg‘ulotlari va IHT geografiyasi bo‘ylab boshlang‘ich startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun yuzlab resurslar.

Forum imkoniyatlari  bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

  • Dasturda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ariza topshiriladi.
  • 100 ta eng yaxshi startaplar onlayn tezlashtiruvchi dasturga (online accelerator) qabul qilinadi;
  • Bunda 20 soat ma’ruza, 80 soat individual tarzda  murabbiylik mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
  • Bir qator baholashlardan keyin  eng yaxshi startaplar Qozondagi Boot Campga taklif qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

  • E-mail: info@kazanoicstartups.org;
  • Onlayn tezlashtiruvchi dasturga(online accelerator) saralash bosqichi 15.03.2023-31.03.2023 qadar bo‘lib o‘tadi;
  • Tezlashtiruvchi dasturga(online accelerator)01.04.2023-10.05.2023 qadar bo‘lib o‘tadi;
  • Boot Camp 15.05.2023-20.05.2023 da bo‘lib o‘tadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Ananaviy xalqaro “Kazan OIC Youth Entrepreneurship” forumi. Eng muvaffaqiyatli startap asoschilari $20,000 miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadilar
14 Mar, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.