Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldashev tomonidan kitobxonlar uchun “Zukko Kitobxon” tanlovi. Birinchi o‘rin - Dubayga sayohat
O‘zbekiston O‘zbekiston
14 Dek, 2021 · Muddat tugagan

Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldashev tomonidan kitobxonlar uchun “Zukko Kitobxon” tanlovi. Birinchi o‘rin - Dubayga sayohat

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldashev tomonidan yoshlar oʻrtasida kitobxonlik muhitini oshirishga qaratilgan “Zukko Kitobxon” tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlovda Andijon viloyatida yashovchi 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar qatnashishlari mumkin. Tanlov ishtirokchilaridan ushbu havolada keltirilgan kitoblarni oʻqib chiqishlari soʻraladi. Nizom bilan bu yerda tanishib chiqish mumkin.

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • 1️-oʻrinni egallagan kitobxon hamda uning ota-onasi Dubay shahriga sayohat uchun yuboriladi;
  • 2-oʻrinni egallagan kitobxon hamda uning ota-onasi Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shahriga sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi;
  • 3️-oʻrinni egallagan kitobxon qimmatbaho maishiy texnikalar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga roʻyxatdan oʻtish 14-dekabr 23:59 gacha davom etadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda Andijon viloyatida yashovchi 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar qatnashishlari mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlovda 1️-oʻrinni egallagan kitobxon hamda uning ota-onasi Dubay shahriga sayohat uchun yuboriladi;
  • 2-oʻrinni egallagan kitobxon hamda uning ota-onasi Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shahriga sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi;
  • 3️-oʻrinni egallagan kitobxon qimmatbaho maishiy texnikalar bilan taqdirlanadi.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun @MarhamatYoshKitobxonbot manzili orqali 14-dekabr 23:59 gacha roʻyxatdan oʻtish soʻraladi.

Ro‘yxatdan o'tish davomida tanlov shartlari va nizom bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi maʼlumotlarni aniq va toʻliq shaklda taqdim etish shart:

  1. Ism-familiya va otasining ismi
  2. Yashash manzil (tuman, shahar, MFY, koʻcha, uy raqami)
  3. Oʻqish yoki ish joy
  4. Tugʻilgan kun, oy, yil
  5. Aloqa uchun telefon raqam

Eslatma: Toʻliqsiz, notoʻgʻri yoki kech yuborilgan anketalar va shikoyatlar qabul qilinmaydi!

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 15, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldashev tomonidan kitobxonlar uchun “Zukko Kitobxon” tanlovi. Birinchi o‘rin - Dubayga sayohat
14 Dek, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.