Tavsif
Angliyada joylashgan the Manchester University magistratura bosqichida tahsil olish uchun Alliance MBS Masters Scholarships for UK/EU/International students dasturini eʼlon qiladi.
Dasturga yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega buxgalteriya, moliya, biznes va boshqaruv sohalarida oʻqishni xohlagan davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin. Dasturga qabul qilinish uchun roʻyxatda koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga ariza topshirish va unga qabul qilingan boʻlish kerak. Shu bilan nomzod avtomatik ravishda grant ishtirokchisiga aylanadi. Dastur gʻoliblarining bir yillik kontrakt xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Dasturga qabul uchun aniq vaqt belgilanmagan, lekin tanlangan yoʻnalishga qabul ochilishi bilan iloji boricha tezroq ariza topshirish tavsiya qilinadi. Universitetda hozirda, yaʼni mart-aprel oylarida kuzgi semestr uchun qabul davom etmoqda. Dasturga qabul qilinishi uchun nomzod The University of Manchesterning quyidagi magistratura yoʻnalishlaridan biriga hujjat topshirishi va unga qabul qilinishi lozim:
- MSc Accounting;
- MSc Accounting and Finance;
- MSc Business Analysis and Strategic Management;
- MSc Business Analytics: Operational Research and Risk Analysis;
- MSc Business Psychology;
- MSc Digital Marketing;
- MSc Finance;
- MSc Human Resource Management and Industrial Relations;
- MSc International Human Resource Management and Comparative Industrial Relations;
- MSc Innovation Management and Entrepreneurship;
- MSc International Business and Management;
- MSc Management;
- MSc Marketing;
- MSc Operations, Project and Supply Chain Management;
- MSc Organisational Psychology;
- MSc Quantitative Finance;
- MSc Sustainable Business.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.