Apple Developer Academy tomonidan Italiyada dasturlash, dizayn, biznes va marketing sohalarida o‘qish uchun 220 o‘rinli grant
Italiya Italiya
21 Mar, 2025 · Muddat tugagan

Apple Developer Academy tomonidan Italiyada dasturlash, dizayn, biznes va marketing sohalarida o‘qish uchun 220 o‘rinli grant

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Italiyaning Naples Federico II universiteti Apple Developer Academy dasturi uchun 220 o‘rinli (300 gacha ko‘paytirilishi ham mumkin) grant e’lon qiladi. Kurs dasturlash, dizayn, biznes va marketing sohalari bo‘yicha bo‘lib, 2025-yil 29-sentyabrdan 2026-yil 30-iyungacha davom etadi. Dasturda qatnashish uchun nomzodlar 2025-yil 29-sentyabrgacha 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi, maktab shahodatnomasi yoki litsey/kollej diplomiga ega bo‘lishlari kerak. Ular ingliz tilini bilishlari kerak, lekin til sertifikati talab qilinmaydi. Saralash jarayoni 2 bosqich, onlayn test (60 ball)  va onlayn suhbat (40 ball) shaklida bo‘lib o‘tadi. Dasturda ishtirok etish mutlaqo bepul, kursning 80%ida qatnashgan talabalarga stipendiya berilishi mumkin. Shuningdek, talabalarga Macbook va iPhone ham beriladi.

Dasturga hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 21-martgacha davom etadi. 

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud: 

  • Nomzodlar 2025-yil 29-sentyabrga qadar 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim; 
  • Maktab shahodatnomasi yoki litsey/kollej diplomiga ega bo‘lishlari kerak;
  • Dasturda qatnashish uchun ikki bosqichli imtihondan o‘tish kerak bo‘ladi. Birinchi bosqichda onlayn test bo‘lib o‘tadi (60 ball), ikkinchi bosqichda esa onlayn suhbat olib boriladi (40 ball); 
  • Nomzodlar ingliz tilini bilishlari kerak, lekin til sertifikati talab qilinmaydi, nomzodning til billish darajasi suhbat davomida aniqlanadi. 

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda ishtirok etish mutlaqo bepul;
  • Kursning 80%ida qatnashgan talabalarga stipendiya berilishi mumkin (Annex A.8);
  • Talabalarga Macbook va iPhone beriladi. 

Topshirish jarayoni

Dasturga hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 21-mart soat 9:00 (GMT+1) gacha davom etadi. 

Dasturga ariza topshirish yo‘riqnomasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin. 

Dastur natijalari 2025-yil 30-aprel kuni e’lon qilinadi. 

Qo'shimcha ma'lumot

Test to‘g‘risida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin. 

Dastur bo‘yicha qo‘shimcha savollarga ushbu havola orqali javob olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Italiya Apple Developer Academy tomonidan Italiyada dasturlash, dizayn, biznes va marketing sohalarida o‘qish uchun 220 o‘rinli grant
21 Mar, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.