Umumiy maʻlumotlar
Hurford yoshlar dasturi (Hurford Youth Fellowship Program) liderlik va tashkilotchilik ko’nikmalarini shakllantirish, oshirish hamda demokratiya sohasida dunyoning yetakchi liderlaridan saboq olishga mo’ljallangan uch oylik, to’liq moliyalashtiriluvchi dasturdir.
Dastur davomiyligi 3 oy bo’lib, 2022-yilning 1-martidan 31-mayiga qadar nomzodlar demokratiya sohasidagi asosiy muommolar bo’yicha strategik uchrashuvlarga qatnashish, tadqiqot va taqdimotlar o’tkazish, ma’lumot almashinuv seanslari, onlayn muhokamalar tashkil etish imkoniyatga ega bo’lishadi. Ular quyidagi mavzularda bo’lishi lozim:
- Demokratik makonni himoya qilish- Defending Democratic Space;
- Inklyuziv boshqaruvni rivojlantirish- Promoting Inclusive Governance;
- Demokratik yetakchilikni mustahkamlash- Strengthening Democratic Leadership
Maqbullik shartlari
Nomzodlar quyidagi maqbullik shartlariga mos tushishlari talab etiladi:
- 30 yoshdan yuqori bo’lmasligi;
- Ingliz tili bilish darajasining yaxshi bo’lishi (arizalar hamda dastur ingliz tilida olib boriladi);
- Dunyo bo’ylab demokratiyani rivojlantirishga hamda demokratik faollikka chuqur qiziqishi;
Foydali tomonlari
Dastur doirasida nomzodlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishi mumkin:
- Yashash harajatlari (turar joy, oziq-ovqat va boshqa muhim harajatlar) uchun oylik stipendiya;
- Vashingtongga borish-kelish yo’l harajatlari;
- Tibbiy sug’urta;
- Internet, e-maildan foydalanish imkoniyati, dastur bilan bog’liq, uzoq hududlarga amalga oshirish imkoniyati bo’lgan qo’ng’iroqlar uchun chegaralangan budjet mavjud bo’lgan, to’liq jihozlangan ofis;
- Eslatma: Nomzodlar o’zlari bilan oila a’zolaridan birini olib kelishmoqchi bo’lishsa, ularning borish-kelish yo’l harajatlari va yashash harajatlari qoplanadi. Biroq, tibbiy sug’urta qilish harajatlarini qoplamaydi.
- 20 mingga yaqin asarlar, demokratiya haqidagi kitoblar, jurnallar, grant oluvchilarning hisobotlari va boshqalarni o'z ichiga olgan Demokratiya Resurs Markazi (DRC) dan foydalanish imkoniyati;
- Demokratiya Resurs Markazi (DRC)ning 5 nafar xodimidan tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlariga beriladigan yordam;
- Zarur holatlarda boshqa mahalliy kutubxonalardan ham foydalanish imkoniyati.
Batafsil: https://www.movedemocracy.org/wp-content/uploads/2021/04/Hurford-Youth-Fellows-Program-Information-Booklet-and-Application-Guidelines-2021.pdf
Hujjat topshirish
Dasturga ariza topshirish uchun:
- Dastlab https://www.nedfellowships.org/Start/Hurford sayti orqali shaxsiy sahifa (account) yaratiladi;
- Sahifa ochilgandan so’ng u yerda ko’rsatilgan tartibda ariza topshiriladi;
- ! Quyidagi havola yordamida ariza topshirish yo’riqnomasi bilan batafsil tanishib chiqing: https://www.movedemocracy.org/wp-content/uploads/2021/04/Hurford-Youth-Fellows-Program-Information-Booklet-and-Application-Guidelines-2021.pdf
Ariza to’ldirishda so’raladigan ma’lumotlar:
- Shaxsiy ma’lumotlar
- Shaxsiy loyiha taklifi
- CV yoki Rezyume
- Ikki tavsiyanoma
Ma’lumot o’rnida:
Loyiha taklifingiz arizaning eng muhim qismi bo’lib, u quyidagi demokratiyaga oid uch mavzuning biriga tegishli bo’lishi, va mavzuni to’liq va aniq yoritib berishi lozim:
- Demokratik makonni himoya qilish- Defending Democratic Space;
- Inklyuziv boshqaruvni rivojlantirish- Promoting Inclusive Governance;
- Demokratik yetakchilikni mustahkamlash- Strengthening Democratic Leadership
Eslatma:
- Arizalar 2021-yilning 3-iyuliga qadar topshirib bo’linishi kerak;
- Ushbu dasturga o’tgan yili ham ariza topshirgan murojaatchilarga boshqa e-mail yordamida yangi sahifa (account) ochishlari talab etiladi;
- Ariza to’ldirish bilan bog’liq texnik muommolar yuzasidan youthfellows@ned.org e-mailiga murojaat qilishingiz mumkin;