AQSh elchixonasi tomonidan 9-10-sinflar uchun bepul yozgi oromgoh — Samarkand–USA English Camp – 2022
O‘zbekiston O‘zbekiston
14 May, 2022 · Muddat tugagan

AQSh elchixonasi tomonidan 9-10-sinflar uchun bepul yozgi oromgoh — Samarkand–USA English Camp – 2022

Yozgi maktab Bepul ishtirok

Tavsif

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Samarqand davlat chet tillari instituti hamkorlikda barcha 9-10-sinf oʻquvchilari uchun Samarkand–USA English Camp – 2022 yozgi oromgohi tashkil etildi.

Ushbu dastur 2022-yil 15-iyundan 15-iyulgacha Samarqand davlat chet tillari institutida boʻlib oʻtadi.

Oromgohda ishtirokchilar ingliz tili darslari, sport, oʻyinlari, turli toʻgarak va mashgʻulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi. Oromgohda qatnashish mutlaqo bepul.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun talablar:

  • Dasturda barcha 9-10-sinf oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Til sertifikat talab etiladi. Lekin sertifikati mavjud bo'lmaganlar ham ariza topshirishi mumkin.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur manfaatli jihatlari:

  • Ushbu yozgi oromgohda ishtirok etish mutlaqo bepul;
  • Oʻquvchilar bepul yotoqxona va oziq-ovqat bilan ham taʼminlanadi;
  • Oromgohda ishtirokchilar ingliz tili darslari, sport, oʻyinlari, turli toʻgarak va mashgʻulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Eslatma: Samarqandgacha bo'lgan yo'l xarajatlarini ishtirokchilar o'zlari qoplashlari kerak bo'ladi

Dastur manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun onlayn ariza shaklini toʻldirish zarur. Ariza topshirish jarayonida quyidagi 3 ta savolga taxminan 500 so'zdan iborat insho orqali javob berish lozim:

  • Why do you want to attend Samarkand USA Summer Camp 2022?;
  • Tell about a time you solved a problem. What was the problem? How did you solve it? What was the result?;
  • Imagine that you have a serious disagreement with another person at camp while you are working together on an important project. How will you solve this problem?

Qolaversa, ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Pasport nusxasi;
  • Ota-ona roziligi haqida ma'lumotnoma;
  • Maktab baholari. Bunda ishtirokchilar nechanchi sinf bo'lsa, o'sha yil olgan baholarini tarjimasi bilan taqdim etishlari kerak;
  • Til bilish sertifikati. Ingliz ilini bilishini tasdiqlaydigan har qanday sertifikat taqdim etilishi mumkin. Sertifikat bo'lmagan taqdirda, fayl yuklash joyi bo'sh qoldiriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Ushbu yozgi oromgoh 1 oy davom etadi. Dastur davomida ishtirokchilar toʻliq Samarqand chet tillari institutida boʻlishlari shart.

Eslatma: dastur davomida biror sabab tufayli oʻz uyiga qaytmoqchi boʻlgan ishtirokchilar oromgohga qaytib kelish va qayta qoʻshilish imkoniyatiga ega emas.

Dastur rasmiy eʼloni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha murojaatlar uchun: samarkandusacamp2022@gmail.com

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston AQSh elchixonasi tomonidan 9-10-sinflar uchun bepul yozgi oromgoh — Samarkand–USA English Camp – 2022
14 May, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.