Tavsif
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi “Sports Visitor” – AQSh xalqaro almashinuv dasturlarining bitiruvchisi hamda professional dzyudo murabbiylari bilan hamkorlikda xotin-qizlar oʻzlarini himoya qilishlari uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan oʻz-oʻzini himoya qilish boʻyicha oʻquv dasturining yangi bosqichini Jizzax viloyatida boshlamoqda.
Mashgʻulotlar 2024-yil avgust oyidan boshlab Jizzax shahrining Monomarkaz sport zalida uch oy davomida oʻtkaziladi. Mashgʻulotlarning aniq boshlanish sanasi haqidagi maʼlumot tanlab olingan barcha ishtirokchilarga qoʻshimcha ravishda yetkaziladi. Yoshi turlicha boʻlgan xotin-qizlar uchun alohida ikkita guruh tuziladi. Har bir guruhdagi ishtirokchilar soni 30 kishidan oshmaydi.
- A guruhi: 13 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan qizlar – dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 17:00 dan 18:00 gacha.
- B guruhi: 18 yoshdan oshgan ayollar – dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 18:00 dan 19:00 gacha.
Mashgʻulotlar jismoniy tayyorgarlik darajasidan yoki oldingi mashgʻulot tajribasidan qatʼiy nazar, 13 yoshdan oshgan qizlar va ayollar uchun moʻljallangan. Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 26-iyul yоki jоylar tоʼlgunicha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.