AQSh elchixonasi va Toshkentdagi Vebster universiteti tomonidan tashkil etilgan OAV mutaxassislari uchun bepul Ingliz Tili Kursi
O‘zbekiston O‘zbekiston
26 Okt, 2021 · Muddat tugagan

AQSh elchixonasi va Toshkentdagi Vebster universiteti tomonidan tashkil etilgan OAV mutaxassislari uchun bepul Ingliz Tili Kursi

Kurslar Bepul o'qish

Tavsif

Oʻzbekiston tobora integratsiyalashgan va global siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlarda ishtirok etar ekan, oʻzbek ommaviy axborot vositalari mutaxassislari uchun xalqaro tadbirlarni yoritib borish va Oʻzbekistonni zamonaviy tarzda koʻrsatib bera olish juda muhimdir.

AQSh elchixonasi va Toshkentdagi Vebster universiteti hamkorlikda OAV mutaxassislari uchun maxsus ingliz tili kursini taqdim etmoqda. Kurs Fargʻonada, toʻliq oflayn mashgʻulotlar shaklida olib boriladi. Kurs davomiyligi 9 oyni tashkil etadi.

Kurs davomida, ishtirokchilar maxsus tayyorlangan, aynan OAV va media sohasiga moslashtirilgan dastur orqali ingliz tilini oʻrganadilar. Ishtirokchilar ingliz tilidagi maʼlumotlar bilan ishlash qobiliyatiga ega boʻlishadi, xoh bosma shakldagi, xoh onlayn yoki ingliz tilida soʻzlashuvchi mutaxassislar bilan suhbatlar orqali olinadigan maʼlumotlar bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻladilar. Shu tariqa ular xalqaro tajriba, qarashlar va yondashuvlarni oʻz ish faoliyatida tatbiq etish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Kurs OAV mutaxassislari, shu jumladan jurnalistlar, muxbirlar, matbuot kotiblari, muharrirlar, jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha xodimlari, blogerlar uchun moʻljallangan.
  • Ishtirokchilar Fargʻonada boʻladigan mashgʻulotlarga qatnashish imkoniga ega boʻlishi lozim.
  • Yosh chegarasi ko'rsatilmagan.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Kursda ishtirok etish bepul.
  • Ishtirokchilar maxsus OAV va media sohasiga moslashtirilgan ingliz tili dasturi bo'yicha o'qitiladi .

Topshirish jarayoni

Kursda ishtirok etish uchun onlayn ariza toʻldiriladi.

Arizada nomzoddan quyidagilar soʻraladi:

  • Ayrim shaxsiy maʼlumotlar;
  • Qisqa shaxsiy bayonot (150 soʻzdan oshmasligi kerak) — kursda ishtirok etishidan maqsadini yoritib berishi lozim;
  • Bir sahifali CV.

Qo'shimcha ma'lumot

Muhim: har bir nomzodning shaxsiy maʼlumotlari hech qachon oshkor etilmaydi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston AQSh elchixonasi va Toshkentdagi Vebster universiteti tomonidan tashkil etilgan OAV mutaxassislari uchun bepul Ingliz Tili Kursi
26 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.