Tavsif
Hodder Fellowship - Princeton universitetida bir o‘quv yili davomida mustaqil loyihalarni amalga oshirishni istagan yozuvchilar, kinoijodkorlar, rassomlar, xoreograflar, ijrochi san’atkorlar, yozuvchilar, tarjimonlar, gumanistlar va shu kabi ijodiy soha vakillari uchun tashkil etilgan stipendiya dasturidir.
Dastur davomiyligi 10 oy (bir akademik o‘quv yili) bo‘lib, unda nomzodlar $92,000 stipendiya hamda qo‘shimcha taqdqiqotlar uchun $5,000 bilan ta’minlanadilar. Nomzodlar tanlovda o‘zlarining ijod namunalari bilan ishtirok etishlari lozim.
Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.