AQShda huquq sohasida tahsil olish uchun Scholarships for International Leaders granti

AQShda huquq sohasida tahsil olish uchun Scholarships for International Leaders granti

  • 20/12/2023 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • Doimiy Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan
  • IELTS talabi
    minimum 6.5

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

AQShning Widener Universiteti Delaware Law Schooli tomonidan Masters of Law (LLM), Doctor of Juridical Science (SJD) yoki Master of Jurisprudence (MJ) yoʻnalishlarida tahsil olishni istagan talabalar uchun SCHOLARSHIP FOR INTERNATIONAL LEADERS granti eʼlon qilinadi.

Grant talabalarning akademik koʻrsatkichi hamda moliyaviy ehtiyojiga tayangan holda taqdim etiladi. Nomzodlar xalqaro munosabatlar, biznes va boshqa huquqiy masalalarga qiziqishlari yuqori boʻlishi soʻraladi.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi umumiy talablar mavjud:

  • Nomzodlar AQSh fuqarosi boʻlmasligi lozim;
  • Ishtirokchilar grant uchun ariza topshirishdan avval MJ (Master of Jurisprudence), LLM (Masters of Law) yoki MJ (Master of Jurisprudence) dasturlaridan biriga ariza hamda kerakli hujjatlarni toʻliq topshirishlari kerak boʻladi;
  • AQShda oʻqish uchun ishtiyoqi baland boʻlishi va oʻz davlatidagi jamoat ishlari, volontyorlik va yetakchilik bilan faol shugʻullangan boʻlishi lozim;
  • Mukammal darajada ogʻzaki va yozma til koʻnikmalarida ega boʻlishi kerak. Til koʻnikmasi onlayn intervyu va yozma insho orqali tekshiriladi.

Ushbu grantda MJ, LLM va MJ dasturlaridan birida tahsil olish mumkin. Yuqoridagi talablardan tashqari, aytilgan har bir yoʻnalish uchun maxsus talablar mavjud:

  • MJ (Master of Jurisprudence) dasturi uchun:

-Nomzod AQSh yoki boshqa davlatda bakalavr darajasini tugatgan boʻlishi kerak. Ammo bakalavr darajasi huquq sohasida boʻlishi shart emas;

-Bakalavr diplomidagi baholari 4 ballik tizimda (GPA) kamida 3ga teng boʻlishi lozim. (100 ballik tizimda 75 ballga toʻgʻri keladi);

-TOEFL 83 yoki IELTS 6.5 sertifikati talab etiladi;

  • LLM (Masters of Law) dasturi uchun:

-Nomzod AQSh yoki boshqa davlatda bakalavr darajasini tugatgan boʻlishi kerak. Ushbu dastur uchun bakalavrni huquq sohasida tugatish talab qilinadi;

-Bakalavr diplomidagi baholari 4 ballik tizimda (GPA) kamida 3ga teng boʻlishi lozim. (100 ballik tizimda 75 ballga toʻgʻri keladi);

-TOEFL 83 yoki IELTS 6.5 sertifikati talab etiladi;

  • SJD (Doctor of Juridical Science) dasturi uchun:

-Nomzod AQSh yoki boshqa davlatda huquq sohasida magistr bosqichini tamomlagan boʻlishi kerak;

-Bakalavr diplomidagi baholari 4 ballik tizimda (GPA) kamida 3,3ga teng boʻlishi lozim. (100 ballik tizimda 82,5 ballga toʻgʻri keladi);

-TOEFL 94 yoki IELTS 7 sertifikati talab etiladi;

Grant haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi;

Eslatma! Dastur turar joy, oʻqishga qatnash, darsliklar va boshqa xarajatlarni oʻz zimmasiga olmaydi. Nomzodlardan oʻqish uchun yetadigan mablagʻ bilan kelishlari soʻraladi. LLM va SJD talabalariga kundalik xarajatlar uchun har bir akademik oʻquv yiliga $50,000 bilan kelish maslahat beriladi.

Dasturning foydali tomonlari orqali batafsil rasmiy havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda koʻrsatilgan uch xil yoʻnalishlardan biri tanlab, oʻquv yoʻnalishi va grant uchun alohida-alohida ariza topshiriladi. Har bir yoʻnalish uchun yiliga 3 marta arizalar qabul qilinadi.Har bir semestr uchun ariza topshirishning soʻnggi muhlatlari quyidagicha:

  • MJ (Master of Jurisprudence) dasturi uchun:

-Yozgi semestrda oʻqish uchun — 1-may;

-Kuzgi semestr uchun 1-avgust;

-Bahorgi semestr uchun- 15-dekabr;

  • LLM (Masters of Law) dasturi uchun:

-Yozgi semestrda oʻqish uchun — 1-mart;

-Kuzgi semestr uchun 1-may;

-Bahorgi semestr uchun- 1-noyabr;

  • SJD (Doctor of Juridical Science) dasturi uchun:

-Yozgi semestrda oʻqish uchun — 1-mart;

-Kuzgi semestr uchun 1-may;

-Bahorgi semestr uchun- 1-oktyabr;

Dasturdagi yoʻnalishlarga ariza topshirish uchun 60 AQSh dollari miqdoridagi toʻlov qilish talab qilinadi. 5-fevralgacha toshirgan lar uchun ariza toрshirish to'lovi talab etilmaydi. 

Grant uchun arizani ushbu havola orqali toʻldirish mumkin.

Ushbu dasturlar uchun topshiriladigan hujjatlar roʻyxati hamda ariza topshirish jarayoni haqida quyidagi havolalar orqali batafsil tanishish mumkin:

MJ (Master of Jurisprudence) dasturiga hujjat topshirish

LLM (Masters of Law) dasturiga hujjat topshirish

SJD (Doctor of Juridical Science) dasturiga hujjat topshirish

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Grant LLM (Masters of Law) va MJ (Master of Jurisprudence) onlayn dasturlari uchun taqdim etilmaydi.

Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni ushbu havola orqali topish ham mumkin.

Oʻqish xarajatlari va boshqa moliyaviy masalalar haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

AQSh
AQShda huquq sohasida tahsil olish uchun Scholarships for International Leaders granti

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar