Tavsif
Fulbright Foreign Student Program dasturi bakalavr bitiruvchi bosqich talabalari va yosh mutaxassislar uchun AQShda 2 yillik magistratura bosqichida oʻqish imkoniyatini beradi. Dasturga talabalar butun dunyo boʻylab qabul qilinadi.
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi 2027-2028-oʻquv yillari uchun magistratura bosqichini AQShning nufuzli oliygohlarida davom ettirish imkoniyatini taqdim etuvchi Fulbright Foreign Student Program dasturiga qabul jarayoni boshlanganini maʼlum qildi.
Dasturda nomzodlar tibbiyotning bemorni davolash yoʻnalishidan boshqa barcha yoʻnalishlar boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish uchun ishtirok eta oladilar. Tibbiy sohasida bakalavr darajasiga ega boʻlgan nomzodlar kimyo, biologiya, sogʻliqni saqlash yoki kasalxona boshqaruvi yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichini davom ettirish uchun ariza topshirishlari mumkin boʻladi.
Dasturda ishtirok etish mumkin boʻlgan yoʻnalishlar:
- Accounting/Finance;
- Agriculture;
- Architecture;
- Biology;
- Biomedical Engineering;
- Business;
- Chemistry;
- Computer Science;
- Crop Sciences;
- Economics;
- Education;
- Engineering;
- Environmental Sciences;
- Information Sciences/Systems;
- International Relations;
- Labor/Industrial Relations;
- Language Teaching, Law;
- Library Science;
- Mathematics;
- Physics;
- Political Science;
- Public Administration;
- Public Health;
- Transportation.
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning barcha xarajatlari toʻliq qoplanadi, shuningdek, ishtirokchilar oylik stipendiya va turarjoy bilan ham taʼminlanadi.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: