Tavsif
Community Solutions Program (CSP) dasturi atrof-muhit, tinchlik va nizolarni hal qilish, shaffoflik va hisobdorlik, ayollar va gender bilan bog‘liq muammolarni hal qilish orqali o‘z jamiyatlarini yaxshilashga harakat qilayotgan kishilar uchun bir yillik professional yetakchilikni rivojlantirish dasturi hisoblanadi. Jamiyat yetakchilari quyidagilarni o'z ichiga oluvchi dasturda qatnashish uchun tanlab olinadi:
- Amerikada 4 oylik amaliyot: Community Solutions ishtirokchilari AQSH 4 oylik amaliyotni o‘tash uchun bo‘ylab turli tashkilotlarga joylashtiriladi.
- Community Leadership Instituti: Ishtirokchilar yetakchilik va boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun Community Leadership yetakchilik institutining malaka oshirish dasturida qatnashishadi. Ushbu malaka oshirish dasturida yuzma-yuz treninglar, onlayn kurslar, professional murabbiylik va netvorkingni o‘z ichiga oladi.
- Jamiyatga yo‘naltirilgan tashabbuslar: Ishtirokchilar AQSHda bo‘lgan vaqtda mezbon tashkilotlar ko‘magida o‘z mamlakatlariga qaytganlaridan so‘ng jamiyatni rivojlantirish uchun loyihalarni amalga oshirishadi va rejalar tuzishadi. AQSHdan qaytganlaridan so‘ng bu loyihalarni o‘z jamiyatlarida amalga oshiradilar.