Tavsif
Humphrey stipendiya dasturi Fulbright almashuv dasturlaridan biri boʻlib, oʻzbekistonlik mutaxassislarga AQSHga kelib, 10 oy davomida ilmiy unvonsiz magistratura darajasida tahsil olish va oʻz mutaxassisliklari boʻyicha tegishli amaliy tajribaga ega boʻlish imkonini beradi. Stipendiyalar davlat va jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorda ishlayotgan, boshqaruv qobiliyatiga ega faol, tashabbuskor mutaxassislarga tanlov asosida beriladi.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: