Umumiy maʻlumotlar
The Fulbright Visiting Scholar Program - universitet professor-oʻqituvchilari va kamida 10 yillik professional tajribaga ega mutaxassislar uchun Amerikada 3 oydan 5 oygacha to‘liq moliyalashtirlgan holda quyidagi yo‘nalishlarda tadqiqot olib borish imkoniyati beradi:
- Leksiya oʻtish boʻyicha: Universitetda kunduzgi taʼlimda leksiya qiladigan va konsultatsiya beradigan oʻqituvchilar uchun;
- Ilmiy izlanish boʻyicha: Post-doktorantura bosqichida kunduzgi taʼlimda tadqiqot olib boruvchi olimlar uchun;
- Leksiya/Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Universitetlarda leksiya oʻtuvchi oʻqituvchilar va ilmiy izlanish olib boruvchi olimlar uchun;
Nomzodlar The Fulbright Visiting Scholar Program dasturining bir qismi bo‘lgan Fulbright Junior Faculty dasturiga ham ariza topshirishlar mumkin. Bunda alohida ariza to‘ldirish talab etilmaydi, ammo talablar biroz o‘zgaradi.
Fulbright Junior Faculty dasturi uchun oliy o'quv yurtida kamida 3 yillik to‘liq tajribaga ega ilmiy ish qilishni istaydigan o‘qituvchilar 1 semestrlik grantlarga ariza topshirishlari mumkin. Ushbu grantni yutish uchun nomzodlar kursda qanday ilmiy ish qilishlari va uning strategik ahamiyati haqida batafsil yozishlari so‘raladi.
Fulbright Junior Faculty granti uchun nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- Yosh oʻqituvchilarni oʻqitish orqali taʼlim tizimida ijobiy oʻzgarish qilishga yordam berish;
- Oʻzbekiston va AQSh olimlari oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik va institutsional aloqalarni rivojlantirish;
- Ikki xalq olimlarning keng qamrovli hamjamiyatini yaratish va oʻzaro aloqalarni mustahkamlashga koʻmaklashish.
Maqbullik shartlari
- Nomzodlar Oʻzbekiston fuqarosi bo‘lishlari yoki doimiy yashovchi sifatida pasportga ega boʻlishlari;
- Universitet professor-oʻqituvchilari, kamida 10 yillik professional tajribaga ega mutaxassislar;
- Hozirda oliy oʻquv yurtlarida, tahlil markazlarida, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlayotgan tajribali nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.
Foydali tomonlari
- Amerikaga borish-kelish xarajatlari toʻliq qoplanadi;
- Toʻliq moliyaviy yordam va tibbiy sugʻurta bilan taʼminlanadi;
- Ilmiy ishlariga oid Amerika madaniy boyliklardan foydalanish imkoniyati;
- Amerikada oldin bo‘lmagan nomzodlarga grantni yutishda ko‘proq imkoniyat beriladi.
Hujjat topshirish
Ro‘yxatdan o‘tish quydagi link orqali amalga oshiriladi;
Ariza to‘ldirishdan oldin, yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.
Toʻldirilgan arizada quyidagilar boʻlishi kerak:
- Amerikada tadqiqot/leksiya uchun tavsiya etilgan faoliyatning batafsil bayonoti;
- CV/Rezyume;
- Ikkita maʼlumotnoma;
- Bibliografiya (tadqiqot taklifi) va/yoki dars dasturi (leksiya taklifi).
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Qo‘shimcha savollarni quyidagi email adresga yuborishingiz mumkin: