Tavsif
Stanford universiteti tomonidan AQShda xarajatlari toʻliq qoplanadigan 1 haftalik dastur — Stanford Venture Fellowship taqdim etiladi. Dastur uchun 10 nafar ishtirokchi saralab olinadi.
Dastur davomida ishtirokchilar katta va muhim loyihalar yaratish bilan bogʻliq gʻoyalar va loyihalar ustida ishlashadi hamda turli suhbatlarda qatnashadilar. Shu orqali biznes yoki startaplar yaratish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishadi.
Bir haftalik dastur kichik guruh mashgʻulotlari, munozaralar va biznesini boshlayotganlar, tadqiqot olib borayotganlar yoki katta loyiha ustida ishlayotganlar bilan suhbatlarni oʻz ichiga oladi.
Dastur AQShning Kaliforniya shtatida 2026-yilning 29-mayidan 3-iyunigacha oʻtkaziladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.