Tavsif
AQSH davlati yetakchi oliygohlardan biri bo‘lgan Coe College oliygohining bakalavr bosqichida o‘qish uchun Global Leadership Scholarship dasturini e’lon qiladi.
Dastur oliygohning barcha yo‘nalishdagi bakalavr bosqichida hujjat topshirish imkoniyatini beradi, shuningdek dasturga qabul qilingan talabalar o‘quv to‘lovidan ozod qilinadi. Bir yillik kontrakt puli $48 822ni tashkil qiladi. Coe College oliygohi talabalarga amaliyot o‘tash, tadqiqot olib borish hamda kampusdan tashqari o‘qishlariga kafolat beradi. Bundan tashqari, talabalar dastur davomida Xitoy, Yaponiya, Nepal, Vyetnam, Germaniya va Hindiston kabi mamlakatlarning 80 dan ortiq talabalar bilan birgalikda o‘qish, fikr almashish, izlanishlar olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Coe College mamlakatning yetakchi Fulbrigt oliygohlaridan biridir. So‘nggi to‘qqiz yil ichida 32 nafar talaba Fulbright dasturi g‘olibi bo‘lishgan.