Tavsif
Young Professionals Program (YPP) dasturi Jahon Banki tomonidan tashkillashtirilgan stajirovka hisoblanadi. Dastur xalqaro rivojlanish, taʼlim, oʻz sohasida ish tajribasi orttirishga qiziquvchi, oʻz ishlayotgan muassasasida yetakchilik qiluvchi va rivojlanuvchi nomzodlar uchun moʻljallangan. Dasturda magistratura yoki doktoranturada oʻqigan va dastur talablariga javob beradigan barcha, hattoki nogironligi bor shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.
Dastur gʻoliblari AQShning Vashington shahrida The World Bank, The International Finance Corporation (IFC) va the Multilateral Investment Guarantee Agency (MIGA)dan biri bilan besh yillik shartnoma imzolanadi. Stajirovka davomida ish haqi toʻlanadi va bir qator xarajatlar qoplanadi.
Eslatma: stajırоvka Vashingtonda yoki Jahon Bankining har qanday mamlakatdagi ofislarida joylashgan boʻlishi mumkin va shunga koʻra boshqa joyga koʻchib oʻtishga tayyor boʻlish kerak.
Dasturga ariza tорshirish 2024-yil 1-оktyabr 04:59 gacha davоm etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.